Bir universitetda bir haftada kitob chiqarishni talab qilib, professorlarni shoshirib qo‘ygani esimdan chiqmaydi.
Bir professor "Android buttonchalarining tabiatga ta'siri" degan g‘alati kitob chiqarib, "hammani" hayron qoldirgan edi. O‘zi kitob yozolmaganidan, xorijiy kitobni Google Translate orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib, talabalarni shu bema’ni tarjima bilan qiynab qo‘ygandi. Buni g'alatiligini juda kam sonli o'qituvchi va talabalar tushunib yetgandi.
Talabalarning baxtsizligi shundaki, ular hozir ham shu "ilmiy asar"ni o‘qishga majburligi bo'lsa kerak.
© Nurmuhammad Nursaidov
>>Click here to continue<<