Create: Update:
Hayit
Hayit kunlarida janglar ham to‘xtab,
Qilichlar qiniga qaytib kirguvsi.
Mo‘minlar egizak jonlarga o‘xshab,
O‘zgaga boqqan choq o‘zni ko‘rguvsi.
Umidvor har kimsa topib kushoyish,
Qorong‘i dillarga yog‘ib turgay nur.
Uyquda farog‘at, yurtda osoyish,
Duolar ijobat, niyatlar manzur.
Adovat, hasadni kasb etgan inson,
Mayli yo shoh yo gado, yo sayid bo‘lsin.
Iloyo bariga baxsh etsin iymon,
O‘tar har lahzasi bir hayit bo‘lsin...
© Abdulla Oripov
Hayit ayyomi muborak boʻlsin! 🥰
@ildizkitoblari
>>Click here to continue<<
Ildiz kitoblari | Rasmiy kanal
