TG Telegram Group Link
Channel: Hubbuna
Back to Bottom
Ba’zida biz ayollar e’tibor kutamiz… kutib-kutib charchaymiz.
Lekin o‘zimiz ham berayotgan e’tiborimiz haqida o‘ylab ko‘ramizmi?.. 😌

Ayol erkakni boqmaydi. Lekin unga e’tibor berishi kerak — ha, bu zarur.
Mayli ko'p emas… lekin oz bo'lsa ham dildan, samimiy harakat qilaylik.

Masalan:
— “Bugun charchagandirsiz…” deyish uchun shifokor bo‘lish shart emas.
— Ishdan kelganini kutib, bir choy damlab uzatish uchun oshpaz bo‘lish shart emas.
— “Menga doim orqa bo‘lib yotasiz” deb shikoyat qilishdan ko‘ra, u "orqada" nima yuk ko‘tarib yotganini eshitish kerak… 🥺

Axir, e’tibor — sovg‘a emas, pul ham emas,
Bu bizdan ozgina harakat, qalbiga quloq tutish, ko'zlarini o'qishni talab qiladi, xolos.

E’tibor bu:
— Uning jimjitligini sezish.
— Yangi ko‘ylak kiyganingizda emas, pulsiz qolganingizda ham ko‘zlariga mehr bilan tikilish.
— Nima deganini emas, nega bunday deganini eshitishga harakat qilish.

Bilaman, biz ayollar og'irlikni ko'tarishga mas'ul emasmiz.
Lekin ba’zida suyangan tog‘imiz charchamayotganini so‘rab qo'ysak, mana shu e'tibor bo'ladi.
Har doim kuchli ko‘rinadigan odam ham qayerdandir kuch olishi kerak.

Ertalab “Allohga omonatsiz” deyish…
Kechasi “yaxshi dam oling” deyish ham e'tibor...

Unutmang, e'tibor bergan e'tibor ko'radi, qadrlagan qadr topadi. Hadeb hojamizdan noliyvermay, o'zimizga ham bir razm solib qo'yaylik-chi, o'zi bizda hammasi risoladagidekmi?

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sabrli boʻling

🍃Farzand tarbiyasida ota-onadan talab qilinadigan eng muhim sifatlardan biri sabrli boʻlishdir. Hikmatli soʻzlarda «Agar tuzgan rejang samarasini bir yil koʻrmoqchi boʻlsang, guruch ek. Agar tuzgan rejang samarasini oʻn yil koʻrmoqchi boʻlsang, mevali daraxt ek. Agar tuzgan rejang mevasidan yuz yil bahramand boʻlmoqchi boʻlsang, bolalarga ta’lim ber» deyiladi. Shunday ekan, farzand tarbiyasi sabr qilsa arziydigan ishdir.

🌷Nimalarga sabr qilinadi? Bola gapni olmasligi mumkin, injiqlik va qaysarlik qiladi. Bolalik tabiatidan kelib chiqib qiladigan ishlari sizga yoqmaganda ham sabr qilasiz.
Sabrni kuchingiz yetgancha emas, zarur boʻlganda qilasiz. Bola sizning toqatingiz chegarasini bilmaydi. Uning ongi sizning sabringiz chastotalariga moslashtirilmagan, onasi yoki otasi shu joygacha sabr qila oladi, shu vaqtgacha tarbiyali boʻlishing kerak, ta’limni oʻzlashtirishing kerak degan narsa yoʻq.

🌱Bola gapingizga quloq osmasa ham, aytganingizni oʻrgana olmasa ham jahl qilishga shoshilmang. Sabr­ qiling, mehr bering.

🌷Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bu borada hayotiy misol keltirib aytadilar: «Otamning fe’llaridagi meni hozirgacha katta hayratga solgan xislatlaridan biri shu ediki, bizni yaxshilikka yetaklovchi narsani takror-takror aytishdan erinmas edilar. Oʻsha narsani amalimizga aylantirib olgunimizcha yuz marotaba, lozim boʻlsa ming marotaba takrorlardilar. Ana shu narsalar biz uchun katta bir baxt bo`ldi».

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yaxshi ayol bo‘lish oson!”
Ha endi…

Tongda birinchi bo‘lib turasiz, boshqalar uxlasa, siz band bo‘lasiz.
Qozon yonida issiq, farzandlar yonida iliq, eringiz yonida beozor — shunaqa 3 ta rejimni almashib yuraverasiz. 🔥🧊😇

“Charchamayapsizmi?” deyishmaydi.
Faqat ayb topsa gapirishadi:
— Tokchada chang qolibdi.
— Ovqatning tuzi past bo'libdi.
— Yuvgan ko‘ylaging qotib qolibdi…

Lekin ayol jim turadi.
Ko‘p gapirmaydi.
Nega? Chunki u biladi: har bitta gapga javob qilsa, oilada halovat qolmaydi.

Uningcha:
Bir lagan palov bilan nafaqat oshqozon, yuraklar ham to‘yadi.
Bitta tikilgan yirtiq — nafaqat ko‘ylakni, munosabatni ham tiklaydi.

Mana shunday — oilani oila qilgan ayolning sabri bo'ladi! 🥹 Ayting-chi…
Shu ayolga bir og‘iz “Sen xonadonimizning chirog’isan” deb qo‘yish qiyinmi?..

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — sukunatda aytilmagan hislar tarjimoni 🤍
Ba’zan o‘zingizni unutib qo‘yasiz… 😞
Hammaning ishi bitgan, ko‘ngli joyiga tushgan bo‘ladi, faqat siz… o‘zingizni oxiriga qoldirasiz.

Charchaysiz, lekin “Yaxshiman”, deysiz.
O‘zingizga kerak narsa kerak bo‘lmay qoladi.
Yuragingiz yig‘lagisi keladi, lekin jim turasiz… chunki ayollar kuchli bo‘lishi kerak, to‘g‘rimi?

Lekin ayting-chi… nega har doim kuchli bo‘lish kerak?
Nega har doim boshqalarga qarab, o‘zingizni oxirga surishingiz kerak?

Siz ham insonsiz.
Siz ham qadrlanishga haqlisiz.
Sizga ham dam olish, shirin gaplar, mehri bilan o‘raydigan quchoq kerak.

Bugun… iltimos, o‘zingizni unutmang.
Yoqtirgan choyingizni iching.
Chiroyli kiyimlaringizni kiying. Salomatligingizga e'tiborli bo'ling. O'zingizni fido qilib yubormang. Chunki siz nafaqat oilaning yuragisiz, balki o‘zingiz uchun ham qadrlisiz! ❤️

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol ko‘ngli shunaqa:
Bir dona nonni to‘rtga bo‘lib beradi…
Lekin bir dona shirin so‘zni butun umr qalbida saqlab yuradi.

— Ko'ylaging chiroyli ekan, — desangiz…
Ertasi kuni ham shuni kiyib yuradi 😌
Lekin bildirmaydi. Shunchaki:
— Boshqalari dorda edi, — deydi 🙈

#Ayollar #Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna
Siz uchun qaysi mavzu(lar) ko'proq muhim?
Mana bu yerda farzand tarbiyasi bo'yicha ma'lumot istagan 500 dan ortiq kishi, aynan siz uchun alohida kanalga o'tib olsangiz, iltimos:

Kanalga o'tish

Boshqalarga ham mumkin. 🙂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
U jim bo‘lib yursa, "Kayfiyati yo'q” deb qo‘yaveramiz.
Ammo ayting-chi… so‘nggi marta u nimadan siqilayotganini so‘raganingiz esingizdami?.. 😔

U sizga sovg‘a olmasa, e’tiborsiz.
Lekin siz so‘nggi marta unga nima sovg‘a qildingiz?.. bir shirin so‘z, bir mehrli qarash?..

Erkak kuchli bo‘lishi kerak — ha.
Ammo ayol e’tiborli bo‘lmasa, o‘sha kuch ham bir kun tugaydi.

Shunchaki:
— Ishdan kelganida telefonni bir chetga qo‘yib qarshi oling.
— U gapirayotganida ko‘ziga qarang.
— “Rahmat, boringizga shukr” degan bitta jumla bilan uni xursand qiling…

Ayol e’tibor bergan erkak boshqacha bo‘ladi:
— U o‘zini kerakli his qiladi.
— U yolg‘iz emasligini biladi.
— U uyiga shunchaki emas, yuragida ishonch bilan qaytadi.

Unutmang…
Ba’zida erkakka ayoli aytgan “siz bilan faxrlanaman” degan bir og‘iz so‘z
boshqalarning yuzlab maqtovidan ko‘ra muhimroq bo‘ladi 💔

Shu sabab bugun kechqurun…
Yoningizdagi turmush o'rtog'ingizga e’tibor qarating.
Gapini eshiting. Yelkasiga bosh qo‘ying.
Ayting: “Men siz bilan baxtliman!”

Shu so‘zlar uning bir haftalik charchog‘ini yengillashtirishi mumkin.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ba’zida ayollar jim yuradi. Gapirmaydi.
Lekin bu — sabr emas. Bu charchoq.

Hech kim bilmaydi, u kuniga necha marta dardini ichiga yutadi.
Ko‘zida yosh, yuzida tabassum.
Ko‘ngli allaqachon o‘pirilib tushgan, lekin u non yopadi, choy damlaydi, farzandiga ertak aytadi.

Kimdir uni “baxtli ayol” deb ataydi.
Lekin bu — odat.
O‘zini oxiriga surishga, “hammasi joyida” deyishga, o‘z dardini aytmaslikka o‘rgangan yurak bu.

O‘ziyam unutib qo‘ygan: oxirgi marta nima orzu qilganini…
Nimani sevishini, nimadan qo‘rqishini…
Unga oxirgi marta “rahmat” degan odam kim edi, eslolmaydi.

Ayollar — baland tog‘lar emas, ey erkak…
Ular goho yelka izlaydi.
Goho “men ham bor” degan so‘zni eshitgisi keladi.

Ey ayol…
O‘zingizni unutmang.
Yuragingizni bo‘shating.
Bir kun "portlashi"dan oldin hozir gaplashib oling.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sevgi — bu mo'jiza

Bilasizmi, men shuni sezaman: ayollar sevilyapman degan tuyg‘uni his qilganida ich-ichidan porlab ketadi.
Erkaklar esa mehr olayotganini bilganida mehribonroq bo‘lib qoladi.

Sevgi — bu chinakam mo‘jiza.

U odamni o‘zgartiradi, yangi orzular sari yetaklaydi, o‘sishga undaydi.

“Axir hayotda mo'jiza bo‘lmaydi-ku”, deyishadi ba’zilar.
Lekin menimcha, o‘sha mo'jiza — aynan sevgi.
U dunyoni chiroyli qiladi, yurakni yumshatadi, hayotni ma’noli qiladi.

#Muhabbat #tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizni hammadan ko'proq sevgan, hammadan muqaddam qo'ygan kishi sizdan ham shunday javob umid qiladi...

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayolni sevishingizni, qadrlashingizni amaliy harakatlaringiz bilan ko'rsatishingiz kerak. Buning uchun u bilan suhbatlashishingiz, uni tushunishingiz, mehr-e'tibor berishingiz kerak.

#Erkaklar

Yanada ko‘proq videolar
Tarbiyaning eng nozik joyi gapda emas, amalda.
Farzandingiz sizni eshitmaydi. U sizni ko‘radi.

Siz “boshqalarga hurmat bilan muomala qil” deysiz,
lekin qo‘shningiz haqida past ovozda g‘iybat qilasiz.
Siz “telefonni ko‘p kavlama” deysiz,
lekin uxlashdan oldin ham ekranga tikilib yotasiz.
Siz “halol bo‘l” deysiz,
lekin bozorga borib sotuvchini aldaganingizni u eshitib turadi.

Farzand tarbiyasi — siz yashayotgan hayotning oynasi.
U sizni kuzatadi. O‘rganadi. Takrorlaydi.
Keyin… sizning ohangda gapira boshlaydi. Sizga o‘xshab yuradi.
Va siz hayron bo‘lasiz:
— Qayerdan o‘rgandi buni?

Tarbiyani maktabdan kutmang.
Tarbiyani bog‘chaga yuklamang.
Tarbiyani faqat kitobdan olmaydi bola.
Tarbiyani sizning ovozingizdan, qarashingizdan, jim turganingizdan ham olib ulg‘ayadi.

Shuning uchun…
Avval o‘zingizni tarbiyalang.
So‘ng bolangizni.
Yoki u sizni tarbiyalaydi.
Bu dunyoning eng achchiq adolatidir!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧐 Farzandingiz jim o'tirishi uchun telefon beryapsizmi?

Endi jim o'tirishi uchun telefon bermaysiz. Qanday qilib deysizmi?

📹 Videoni ko'ring, batafsil bilib oling

To’liq ma’lumot olish uchun havola orqali ro’yxatdan o’ting.

👉 Ro’yxatdan o’tish

📞 78-777-77-17
🕊 @zinnur_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shakarsiz qahva xotinsiz hayot kabi achchiqdir!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftliklar, bir-biringizni asrang!

Chunki hayotingizning oxirigacha birga qoladigan inson — bu farzandlar, nevaralar, do‘stlar yoki qarindoshlar emas.
Bu — aynan sizning juftingiz bo‘ladi.

Oxirgi nafasgacha yoningizda bo‘ladigan inson — o‘sha hozir yoningizda o‘tirgan, bir piyola choy olib kelgan, jim bo‘lib sizni tushungan, sizga halovat, suyanch bo‘layotgan juftingizdir.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qizlar uchun kitob

Avvalambor, bu bilimlar uchun rahmat.
Bu kitob menga yoqqan jihatlaridan biri — faqat xos munosabatlar haqida emas, balki juftlar o‘rtasidagi muhabbat va iliqlikni qanday saqlab qolish, bir-biriga bo‘lgan muhabbatni qanday kuchaytirish haqida ham so‘z yuritilganidir. Shuningdek, oilada tez-tez uchraydigan muammoli vaziyatlarning yechimlari ham keltirilgan. Er va ayol o‘rtasidagi munosabatlarga har tomonlama yondashilgan.

Ba’zi “bilaman” deb yurgan narsalarimni qayta ko‘rib chiqdim, xato tushunchalarimni to‘g‘rilab oldim. Barcha turmush yoshidagi qizlar va o‘g‘il bolalarga bu kitobni albatta o‘qishni maslahat bergan bo‘lardim. Chunki bu bilimlar aynan ularga ko‘proq zarur. Bu holatda aniq va tushunarli qilib ularga hech kim aytib bermasa kerak.

Po‘latova

Kitob haqida batafsil ma'lumot

Xarid qilish uchun

#Quloq
Muhabbat haqida hazilnamo falsafa

1-daraja: Oshiq ma'shuq unga dil izhor qilmasa, ranjiydi.

2-daraja: Oshiq ma'shuq unga birinchi bo'lib dil izhoq qilmasa, ranjiydi.

3-daraja: Oshiq dil izhor qilganda ma'shuq unga "Men ham" deb javob qilsa, ranjiydi.

4-daraja: Oshiq ma'shuq unga dil izhor qilganda shirin so'zlar qo'shmasa, ranjiydi.

5-daraja: Ikkalasi bir-biriga dam-badam sevishini aytib+shirin so'zlar bilan dil izhor qiladi.

6-daraja: tez-tez sevishini aytish+shirin so'zlar+sovg'alar.

Sizda qaysi daraja? 😉

#Muhabbat #tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
HTML Embed Code:
2025/06/28 05:20:57
Back to Top