TG Telegram Group Link
Channel: Hodiyev blogs
Back to Bottom
Chalg’itish

Barcha davlatlarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham elita bu usuldan juda unumli foydalanadi.

Jamiyatning sabr kosasi me’yordan ko’tarilay deyotganda e’tiborni jalb qiluvchi qanaqadir ahamiyatsizroq narsani ham yirik planga olib chiqish orqali olib boriladi. Go’yoki bu bilan asosiy masala orqa fonga o’tib qoladida ma’lum muddat shu fonda turgach, yoddan ko’tarilib qoladigan holat.
Oddiy qilib tushuntirilsa, barchada bo’lgan, siz bir nozikroq mavzu haqida suhbatdoshingizni siquvga olmoqchi bo’lsangiz, gapni boshqa yoqqa burib yuborish holati kuzatiladi. Siz “Gapni burma!” deysiz.

Masalan, UzAvto narxlarni ko’tarib yuborganda xalq fikr bildirib norozilik bildirayotganda kimdir IIB xodimi bilan mushtlashgani shov-shuv bo’lib ketadi.
Sardoba suv ombori yorilganda Ahad Qayum hunar ko’rsatib xalqni chalg’itishi.

Yana bir usullardan biri shuki, o’z holatingizga qayta tushganiz uchun xursand bo’lishingiz.
Bunga misol benzin narxi.
Avval benzin (AI 80)5800 so’m edi. Orada bir haftadan oshiq muddat narx osmonga chiqdi (8500-9000 so’m). Endilikda esa narx 6900 so’m. Hamma narx tushganiga xursand😁. O’zi aslida, bundanam arzon edi. Yo’q joydan siz narx aslidan qimmat bo’lgani uchun quvonyapsiz…

2021-yil.

@Hodiyev
Kimgadir daraxtning tabiiy soya berishi yoqmagan ko’rinadi😁.

@Hodiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uz_air_force 🇺🇿

O'zbekiston harbiy-havo kuchlari haqida ko'zlarni quvnatuvchi videorolik.

Kreativlik - avval kuzatilmagan darajada.

✈️@Hodiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun so’nggi qo’ng’iroq. Hamma maktabdagi marosimdan suratlarni izohlarda qoldirishi mumkin.
— Sen uylan, biz qarab turmaymiz, degandagi holat 😁.

@Hodiyev
Yetib keldik…
“Ўзатом”нинг маълум қилишича, Россиянинг “Росатом” бош пудратчилигида шу йил ёзида Жиззахда кам қувватли АЭС қурилиши бошланади.

Станция учун танланган майдонда текширув ишлари ўтказиб бўлинган, жойнинг мақсадга мувофиқлиги ва хавфсизлиги тасдиқланган.

Ўзбекистон келажаги, экологик хавфсизлиги борасидаги ушбу жиддий қадамга киришишда жамоатчилик фикри қанчалик инобатга олингани номаълум.

Нима бўлгандаям ушбу АЭС келажакда кимларнингдир қўлида Ўзбекистонга босим ўтказиш ва шантаж воситасига айланиб қолмаса бўлди. Хавотиримиз шунда.

👉 @r_kusherbayev
Netflix bosh direktori:

"Men sun'iy intellekt dasturlari odamlardan koʻra
yaxshiroq asarlar yaratishiga ishonmayman"

Sizning ishingizni AI emas, sun’iy intellektni yaxshi biladigan odamlar olishi mumkin.

@Hodiyev
Dunyoqarashimizda muammo ko’p:

To’y bo’lishidan oldin uyini tayyorlaydi: eng qimmat parda osishadi, yaxshi yumshoq divan qo’yishadi, divanni eng qimmati, televizorni kattasi … bor yaxshiliklarni olib kirishadi.

Shunday eshikdan chiqib, 65 yoshga kirgan otaxon va onaxonning eshigini ochasiz, kirsangiz, uyning o’rtasida bitta xontaxta turibdi, yerga ko’rpa-to’shak solib yotishibdi. Nima deb o’ylaysiz, 65 ga kirganda shu ikki yoshni katta qilgan ota-ona shu joyga yotishga loyiqmi yoki butun umri hayoti hali oldinda bunaqa sharoitlarni, qimmat divanlarni ko’rishi mumkin bo’lgan yoshlar loyiqmi?
Kim aslida bu divanning egasi?

Dunyoqarashimizda muammo ko’p…

@Hodiyev
Omma effekti.

Bugun sizlarga marketingdagi omma effekti haqida ikki og‘iz gapirib bermoqchiman. Aslida inson miyasi juda ham kam miqdorda individual qarorlar qabul qiladi. Juda ko‘pchilik qarorlarimiz bizgacha kimlardir tomonidan tayyor holatga keltirilgan bo‘ladi va biz o‘sha tayyor qarorlarni o‘zimizga o‘zlashtirib olamiz.

Nega hamma koka-kola ichsa, siz ham koka-kola ichishingiz kerak? Chunki miya hamma shu ishni qilayapti-ku, shuning uchun sen ham shunisini qilaver, hamma ichayotganiga qaraganda xavfsizga o‘xshayapti degan signalni tanamizga yuboradi va biz miyaning aytganini qilib kola ichamiz.

“Red Bull” omma effektidan qanday foydalangan?

Dastlab “Red Bull” bozorga kirishda juda qiynalgan, shunda kompaniya “Red Bull” ning bo‘sh idishlarini butun shahar ahlatxonalariga tarqatib chiqadi, odamlar axlat to‘kkani chiqqanlarida juda ham ko‘plab bo‘sh “Red Bull” bankalarini ko‘rishgan, bu hol qayta-qayta takrorlanavergach “Red Bull” odamlar ongidan joy ola boshlagan. Ko‘pchilik “Red Bull” ichadi demak men ham ichsam xavfsiz degan signal inson miyasiga joylashadi. Ana shunga omma yoki olomon effekti deyiladi.

@Hodiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AES qurish xavfli, bizga kerakmas”,- deb izohlarda yozib, metani «испытания» bo’lmagan “Matiz”ini minib taksiga chiqib ketdi.

Ha, biz shunaqa xalqmiz.

@Hodiyev
Kim birinchi nimani tushundi?

Hozir kimdir Hodiyev ham aynibdi deb o’ylayotgan bo’lsa, javob:
Siz o’zingiz aynigansiz.
😁
@Hodiyev
Umr zavoli yuz yoshmas, ko’zyosh.

Haqiqatan, insonni ruhiy charchoq qaritadi.

4 yil ichida bir insonning tashqi qiyofasi qanday o’zgarishiga misol.

@Hodiyev
Nimamush, O’zbekistonda narxi $5,8 mln turadigan “Bugatti Chiron” ilk bor olib kelinibdi.
O’zi $3,8 mln turadi, bojxona to’lovi bilan $6,5 mln ga chiqib ketarkan.

@Hodiyev
AQSH Prezidenti Jon Kennedi hammaga faqat bitta odam yoqadi degan…

Toping-chi u kim?

Izohlarda birinchi bo’lib to’g’ri javobni yozganning kartasiga yoki telefoniga 10.000 so’m tashlab beriladi.

@Hodiyev
G‘alati jazo
O‘rta asrlarda bir biri bilan bidish-bidish qilib urushgan ayollarni "Meret skripkasi"deb ataluvchi skripkaga rasmdagi ko‘rinishda bog‘lab qo‘yishar ekan. O‘zaro kelisha olmagan narsalarini kelishib muammo yechilmaguncha ayollar ham yechilmagan ekan. Antiqa jazo ekan 😂

Sizningcha, buni qanaqa odam ixtiro qilgan?

@Hodiyev
Hamster Combat va Blum haqida xabaringiz bormi?

Notcoinga o’xshagan kripto valyuta.
NotCoinga ham ko’pchilik ishonmagan edi. O’zim ham. Hozir 1000$ lab pul ishlaganlarni bilaman. Lekin baribir unchalik qiziqish yo’q, ehtiyoj ham yo’q. Lekin ko’pdan qolmaslik uchun bir qiziqib ko’ryapman.

Meni qo’llab yuborish uchun va siz ham qiziqish bildirib ko’rishingiz uchun quyida havola beraman. Faqat bir kirib qiziqib ko’ring, bu ish bilan erta-yu kech shug’ullanishni tavsiya bermayman.


Hamster combat ishonchliga o’xshayapti.
👇👇👇👇👇👇
Havola—> https://hottg.com/hamstEr_kombat_bot/start?startapp=kentId1243784662
HTML Embed Code:
2024/06/03 17:15:58
Back to Top