Muloyim bo‘lsang, latta ekan deguvchilar topiladi. Qattiqqo‘l bo‘lsang, bemehr, bag‘ritoshga chiqarishadi. Ilmdan gapirsang amal ham qilish kerak deyishadi. Amal qilsang oldin yaxshilab o‘rgan deyishadi.
Bidʼatlarni tark qilsang vaxobiyga, zikrlarni ko‘paytirsang so‘fiyga chiqarishadi. Maqtasang maddox bo‘lasan, tanqid qilsang ichi qoraga aylanasan.
Xaqni gapirsang o‘rnimas deyishadi, Indamasang qo‘rqoqqa chiqarishadi. Boy bo‘lsang xaromdan topgan, kambag‘al bo‘lsang dangasa bo‘lasan.
Odamlar shunday, birodar.
Ular baribr gapirishadi. Ular baribr tinch qo‘yishmaydi. Ular baribr rozi bo‘lishmaydi. Sen ularga ko‘p ham ahamiyat berma! Sen yaxshisi seni Yaratganni rozi qilishga urin! Senga haqiqiy baxoni U qo‘yadi.
***
🧠 @fenomen_xotira - biz bilan har kuni yuksaling!
>>Click here to continue<<