TG Telegram Group Link
Channel: G'iyosiddin Yusuf | blog
Back to Bottom
TARBIYADA OTA-ONA HAMFIKR BO‘LSIN

Farzand tarbiyasida eng katta kuch — bu ota-onaning bir yoqadan bosh chiqarib ish tutishidir. Afsuski, ko‘p oilalarda ota boshqacha, ona boshqacha yo'l tutadi. Natijada bola kimning so‘zi o‘tishini sinab ko‘rishga odatlanadi. Bu esa nafaqat tarbiyani, balki oilaning ichki muvozanatini ham izdan chiqaradi.

Tarbiya — bu “men haqman” degan tortishuv emas, biz birga mas’ulmiz degan tushuncha asosida bo‘lishi kerak. Agar ota “yo‘q” degan narsaga ona “mayli, olaver” desa, bola chegarani emas, imkonni ko‘radi. Yoki aksincha: ona qattiqqo‘l bo‘lsa, ota bolani erkatoyga aylantirsa, bu mehr emas, tarbiyaning kushandasi bo‘ladi.

Ota-ona nima qilish kerak?

— Qarorlarni birga qabul qilishsin, ayniqsa, farzand ko‘z o‘ngida.
— Farzandni juftiga qarshi “qurol” qilmasin: “Otang o'zi xotinboz”, “Onangdan yashirib qo‘ya qolamiz” kabi iboralar ishonchni yemiradi.
— Tarbiyaviy yondashuvda oldindan kelishib olishsin: qanday xatti-harakatlarga qanday munosabat bildiriladi — bu aniq bo‘lishi kerak.
— Har ikki taraf bir-birining qarorini bolaga nisbatan haddan ortiq tahlil qilmasin. Bola buni o‘z foydasiga ishlatishni o‘rganadi.

Unutmang, bolaga har bir aytganingizdan ko'ra, ittifoq qilganingiz ta'sirliroq bo'ladi. Sizningcha, tarbiyada ota-ona nimalarga kelishib olishlari kerak? Fikrlaringizni izohlarda yozing.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Forwarded from Zumar kitoblar do‘koni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
#kun_xulosasi

Oila qurish uchun bo‘lajak kuyov bilan uchrashuvga chiqar ekansiz, albatta, uning o‘qiydigan kitoblari, atrofidagi kishilar, ustozlari haqida so‘rang. Chunki bular kishining qanday ekanini ko‘rsatib beruvchi muhim uch omil.

📚 “Asal oyi emas, asal hayot” kitobidan

@qamarbooks
BOLANI TANQID, MAZAX QILISH

Farzand tarbiyasida eng og‘riqli, ammo eng ko‘p uchraydigan xatolar biri — bolani ayovsiz tanqid qilish. Kattalar ko‘pincha bee'tibor holda bolani qoralovchi gaplar aytishadi: “Shunaqayam qilinadimi?”, “Sen ham bir gapirding-da a?”, “Qachon odam bo‘lasan o‘zi?” Bu so‘zlar bolani qattiq ranjitadi, ich-ichidan yemiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘q qiladi.

Bola tarbiyasidagi eng yaxshi usul uni behuda urishmaslikdir. Bu bilan uni qanchalar yaxshi ko'rishimiz, biz uchun qadrli ekani, uning ham hurmati borligi namoyon bo'ladi. Har bir bola, hatto xato qilgan paytida ham “Men oilam uchun qadrliman, meni baribir yaxshi ko‘rishadi” degan ishonchda bo'lishi kerak.

Pozitiv tarbiyaning ildizi — tanqiddan tiyilish, mehr bilan yo‘l ko‘rsatish. Bolaning ustidan kulmang, uni boshqa bolalar bilan solishtirmang, xushomad aralash haqoratlar aytmang. “Shunaqa ahmoq bolani faqat men tug‘ganman!” kabi jumlalar hazil bo‘lib eshitilsa-da, bolaning qalbiga og'ir botadi.

Bolangizni kichik xato va kamchiliklari uchun koyimang. Bu faqat muvozanatli, mehribon, sabrli ota-onalarning qo‘lidan keladi. Uni “Shirin bolam”, “jonim qizim”, “asalim” kabi lafzlar deb erkalang. Har kuni bir necha bor bag'ringizga bosing.

Farzandingizga oxirgi marta qachon mehringizni izhor qildingiz?

#Tarbiya

@GiyosiddinYusuf
#Qisqa_xabarlar:

• Kecha Andijon shahrining "Milliy books" kitob do'konida dastxat kuni bo'lib o'tdi.

• Men Qirg'izistonning Qora suv shahridaman. Bugundan "Hafiza ona" islom institutida o'qishlarimiz boshlandi.

• Tez kunda "Sevdirib tarbiyalang" kitobim bo'yicha tanlov o'tkazish niyatidaman. Kitobni diqqat bilan o'qib turing.

• Kuz faslida kamina xodimingizning bir necha betakror kitoblari nashr qilinishi kutilyapti: "Siz ham bola bo'lganmisiz?", "Lider bola", "Bola va pul" shular jumlasidan.

#ijod

@GiyosiddinYusuf
Qirg‘izistonning Qorasuv shahridagi "Hafiza ona" islom institutida yozgi o‘qishlar boshlandi. Bugun arab tili, hadis va meros fanlaridan jami besh soat dars o‘tildi. Ayniqsa, oxirgi ikki soat meros darsidan keyin ko‘pchiligimiz boshimizni changallab qoldik.

Meros fani ustozimiz darsni tushuntirish uchun "Men o‘lsam..." deb misol keltirsalar, darsga kirib turgan boshqa bir ustozimiz:
— Ustoz, siz o‘lmang, — deb qoldilar...

Ustozlarimizning umrlari uzoq bo‘lsin! Alloh salomat qilsin!

#Ustoz #hayotiy

@GiyosiddinYusuf
🏷️UXLASH JAZOMI?

— Ukang bilan urishayapsanmi? Unda bor, uxla!

Bu gap qanchalik g‘alati eshitilmasin, ko‘p ota-onalar aynan shunday deb, sho‘x bolani tinchlantirmoqchi bo‘lishadi.

Bu paytda bolakayning istagi, kayfiyati, qalbi — hech kimni qiziqtirmaydi.
U go‘yoki “jazoga tortilgan”. Jazosi nima? Uxlab qolish.

Lekin bunday yondashuvning oqibatlari haqida ko‘pchilik o‘ylamaydi.
Aslida esa bu bolaning uyqu rejimini buzadigan, ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladigan xatodir.

Chunki bolaning miyasi bu holatni shunday qabul qiladi:
“Demak, uxlatish — jazolash. Uxlaymanmi — demak, yomonman”.
Natijada u uyqudan qochadi, xotirjam uxlay olmaydi, stressga tushadi.
Ertalab esa charchagan, lohas, injiq holatda uyg‘onadi.

Eng yomoni, ota-onalar bu holatga o‘zlari sababchi bo‘lganini hatto payqamaydi.
Keyin esa “Nega uxlamayapti?”, “Nega har kecha yig‘laydi?” deb mutaxassis izlab yurishadi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
OTA VA O‘G‘IL

Bolaning hayotida olti yoshdan o‘smirlik davrigacha — taxminan o‘n to‘rt yoshgacha — uning e’tibori jamiyatga moslashish, tana rivoji va jinsiy o‘zligini anglash tomon buriladi.

Tug‘ilgandagi ona bilan bo‘lgan yaqin rishta asta-sekin orqaga chekinadi.

Endi birinchi o‘ringa ota tarbiyasi chiqadi.

Aynan ota o‘g‘liga erkak kishining qanday bo‘lishini namuna bo'lib ko‘rsatishi kerak.
Ayollar, ona, do‘stlar, kattalar bilan qanday muomala qilishni, turli vaziyatlarda qanday javob berishni, hissiyotlarini qanday ifoda qilishni — bularni o‘g‘il bolaga avvalo otasi o‘rgatadi.

Yangi muhitda o‘zini qanday tutish, jismoniy faollik, kuchli va bardoshli bo‘lish — bular ham otaning zimmadagi saboqlar.

Bu davr — ota bilan o‘g‘il orasidagi rishta asos solinadigan vaqt.
Kelajakdagi munosabatlari qanday bo‘lishi aynan shu davrda shakllanadi.

O‘g‘il bola otasidan qo'llab-quvvatlash, e’tibor, hurmat ko'rishi kerak.
U har qanday holatda otasiga murojaat qila olishini, uning beg'araz yordamidan foydalanishga haqli ekanini his qilishi lozim.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
❗️Ҳар бир ота фарзанди келажаги учун қайғуради. Айниқса моддий қийинчиликда қолиб кетмасин, деб ўқитади. Касб-ҳунар ўргатади.

‼️Мақсади шу - болам менинг вафотимдан кейин қийналмасин.

⚠️ Аммо бир жиҳат эътиборидан қолиб кетади - болам вафот этгандан кейин қийналмасин! Охиратга борганда қай аҳволга тушади, деган ташвишимиз негадир иккинчи даражада ҳам эмас. Шунинг учун бутун умр воқиб катта қилган фарзанди, қариганда роҳатини кўраман, деган боласи отасини кексалик чоғида қуйнайди. Бечора ота қариганда ҳам рўшнолик, роҳат кўрмайди.

🔽Бунинг сабаби нимада?

Вебинаримизда ушбу саволга жавоб берамиз.
Ушбу каналга қўшилинг.

@ilmnajotyuli
Bir xillikdan qoching

Bolalaringizga tarbiya berishda turli vositalardan foydalaning: ba’zan kitob o‘qib bering, ba’zan tarbiyaviy multfilm qo‘yib bering, ba’zan o‘zingiz og‘zaki o‘rgating. Shuningdek, orada ular bilan o‘ynash, sayrga chiqishni ham tashkillashtirib turing. Bu bilan ularning dam olishiga imkon bergan, sizga bo‘lgan muhabbati va ixlosining ziyoda bo‘lishiga erishasiz. Eng asosiysi o‘rnak bo‘lish ekanini unutmang.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
OTA DOIMO ISHDA

Ba’zida shunday holat bo‘ladi: ota doimo ishda. Uyga kech qaytadi, qizchasining sevimli o‘yinchog‘ini qo‘liga oladi-yu… atigi uch daqiqadan so‘ng o‘sha o‘yinchoq qo‘lida uxlab qoladi.

Ertalab esa, albatta, tokchada pul qoldiradi — sevimli rafiqasi va qizchasi uchun eng zo‘r narsalarga yetadigan qilib.

Bir tomondan, u moddiy majburiyatini bajarmoqda. Qiz otasini ro‘zg‘or tebratuvchi, onasini esa uy bekasi sifatida ko‘radi. Oilaviy rol bo‘linmalari aniq.

Ammo boshqa tomondan… bu oilada mehr, iliqlik, suhbatga joy qolmaydi.

Shuning uchun bu oilada ulg‘aygan qizlar ko‘pincha boylik topib bera oladigan, lekin mehr bera olmaydigan erkaklarga turmushga chiqishadi. Chunki shunday model ularning ongi va qalbiga singib ulgurgan bo‘ladi.

Onalarga tavsiya: turmush o'rtog'ingiz bilan ochiq va sokin tarzda gaplashing. Qizingiz uchun dadasining ovozi, e’tibori, suhbati juda muhim ekanini ayting. Hech bo‘lmasa, har kuni 15–20 daqiqa telefon orqali gaplashish imkonini topishsin.

Yaxshisi, haftada hech bo‘lmasa bir kun — to‘liq oila uchun ajratilgan, boshqa hech qanday ishga aralashmagan “dadalik kuni” belgilab qo‘ying. Bu qizingizga eng kerakli tuyg‘uni — otalik mehrini beradi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Tarbiyachi" nashriyotimizning ikkinchi kitobi bo'lmish "Lider bola" kitobi bugun tahrirdan keldi.

Dizaynerimiz muqovasini ham tayyorlab bo'lgan, oxirgi ishlar qilinyapti. Tez kunda e'tiboringizga havola qilamiz, inshaalloh.

Kitobning o'zi esa sentabr oyida sotuvga chiqishi kutilyapti.

Bizga 7–14 yoshli bolalar uchun yangi kitoblar kerak. Sizdan pul so'ramaymiz, qaytaga o'zimiz sizga pul berib, nashr qilamiz, inshaalloh.

Izoh: ba'zi azizlarimizdan kelgan kitoblarni ko'rdim. Lekin ular yo kattaroqlarga, yoki kichikroqlarga mo'ljallangan ekan. Bizga aynan 7–14 yoshlilar uchun kerak.

#nashr

@GiyosiddinYusuf
QATTIQQO'LLIK NATIJASI

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, haddan tashqari qattiqqo'llik bilan ulg‘aygan bolalar o‘smirlik davrida ko‘proq qarshilik ko‘rsatishadi, ba’zida esa tajovuzkor bo‘lib qolishadi.

Nega bunday bo‘ladi? Buni tushunish uchun kattalarga nazar soling. Har birimizni bolaligimizda ma’lum darajada qattiqqo'llik bilan tarbiyalashgan — bu bizga yoqmagan.

Natijada bizda o‘z-o‘zini boshqarish (samoregulyatsiya) bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.
Kimdir bizga “shunday qil” desa, ichimizda norozilik, g‘azab paydo bo‘ladi.
Ba’zida hatto o‘zimiz belgilagan qoidalarimizga ham qarshi chiqamiz.

Ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, juda qattiqqo'llik bilan tarbiyalangan bolalarda ortiqcha vaznga moyillik ham ko‘proq bo‘ladi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
Nega "Hafiza ona" deb nomlangan?

Kamina ta'lim oladigan Qirg'iztonning Qorasuv shahridagi "Hafiza ona" Islom instituti mutlaqo ayollar o'qimaydigan, ishlamaydigan dargoh. Unda institut nega bunday nomlangan?

Gap shundaki, bir kishi otasining nomiga "Ismoil ota" nomli masjidni, onasining nomiga ushbu — "Hafiza ona" institutini qurdirgan. Yonma-yon joylashgan bu ikki go'zal inshootga qarab, ota-onaga bo'lgan hurmat ramzini ko'rgandek bo'laman.

Institutimizda kunduzgi va sirtqi ta'lim turlarida ta'lim beriladi. Tez kunlarda ilk qaldirg'ochlar uchirma bo'ladi. Biz kelasi yil tugatamiz, inshaalloh.

#hayotiy

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taklifnoma bilan qabul qiladigan ta'lim markazi haqida eshitganmisiz?

Ta’limdagi eng katta xavotirimiz — sifatning pasayishi, o‘quvchining ilmga majburan emas, o‘z istagi bilan intilmasligidir. Shuning uchun ham ta’limda yangicha qarash va yondashuvlar zarur.

Shunday yondashuvlardan biriga Najot Ta’lim qo'l uribdi ya'ni majburan o‘qiyotgan, qiziqishi bo'lmagan o‘quvchilarni saralash va sifatni yanada yaxshilash maqsadida qabul tizimini tubdan o‘zgartirdi.

Endi Najot Ta'lim kurslariga yozilish uchun maxsus taklifnoma talab qilinadi. Taklifnoma bitiruvchida bo'ladi, u kimga berish-bermaslikni suhbat orqali hal qiladi, taklifnomani markazga olib kelib, kurslarga yozilish mumkin.

8500 dan ortiq bitiruvchi va ularning 85%-95%i kasbli qilgan Najot Ta'lim 25-iyun kungi taqdimotda markaz sun'iy intellektga integratsiya bo'lganini va bir qator yangi kurslarni e'lon qildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'smir farzandlar bilan yuzaga keladigan ba'zi muammolarda ota-ona qanday yo'l tutishi kerak?

#tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
Zo‘ravonliksiz tarbiya

Ayrim ota-onalar ba’zan shunday deb qolishadi:
“Boshqachasiga tushunmaydi, baqirmasam, quloq solmaydi!”
yoki o‘zini ovutadi:
“Axir bizni ham shunaqa tarbiyalashgan-ku — odam bo‘ldik-ku!”

Aslida, biz o'z ustimizda ishlash bilan bunaqa zo'ravonlik bilan bo'ladigan tarbiyadan xalos bo'lishimiz mumkin.

Bu sabr qilish, har bir harakatimizni ongli tarzda qilish degani. Albatta, bu oson emas. Vaqt ham ketadi, kuch ham.
Lekin natijasi… qalblarga iliqlik bag'ishlaydi.

Farzandingiz bilan sog‘lom, samimiy, mehrli munosabat o'rnatasiz.
Uning yuragida esa ishonch, hurmat, himoyalanganlik hissi paydo bo'ladi.

Zo‘ravonliksiz tarbiya — bu faqat bola uchun emas. Bu sizning o‘sishingiz uchun ham zarur.
Siz tarbiya berganingiz sari, o‘zingiz ham ruhan o‘sib borasiz.
Empatiyangiz kuchayadi. O‘zingizni tutishni o‘rganasiz. O‘zingizga bo'lgan hurmatingiz ortadi.

Va bu — hayotingizning boshqa tomonlariga ham ta’sir qiladi:
juftlik munosabatida, do‘stlikda, ishda…
Har joyda siz boshqacha bo‘lib borasiz.

Tarbiya bu bir tomonlama jarayon emas. Bu ikki qalb orasidagi bog‘lanish.
Yaxshi ko‘rib, tushunib, tinglab tarbiya qilish eng katta merosdir.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
HTML Embed Code:
2025/06/28 04:05:34
Back to Top