TG Telegram Group Link
Channel: Dr. Algorithm
Back to Bottom
Pivot.UZ
SG Micro SaaS Studio ishga tushirildi — maqsad: 100 dan ortiq global Micro SaaS kompaniyalarini qurish
Micro SaaS (Software as a Service)

Juda ajoyib g‘oya o‘ylashibdi. Ko‘p dasturchilarimiz kichik loyihalar qilishadi. Bu kichik loyiha o‘zlarining ishlarini osonlashtirish uchun xizmat qiladi.

Masalan,
- Har 45 daqiqada, 15 daqiqa dam olish kerak ekanini eslatish;
- Qisqa tugma orqali kerakli IDE yoki boshqa dasturchi ochish;
- Berilgan 100 ta rasm fayllarini bitta PDF ga o‘tkazish;
- emaillaringizning qaysi biri kerakli, qaysini esa reklama ekanini ajratish kabi.
Bu hozir esimga kelganlari.

Tasavvur qiling O‘zbekistonda IT sohasida ishlab yurganlar qancha. Agar ularga o‘z g‘oyalarini ommaga chiqarishga yo‘l berilsa, nima bo‘ladi?

Ko‘pchilik uchun foydali yangi xizmatlar (SaaS) dunyo ko‘radi.


Shundan muhitlardan biri, Startup Garage tomonidan ishlab chiqilgan SG Micro SaaS Studio loyihasi.

Loyihasi asoschisi Muhammad Xalilni yaxshi taniyman. Tavsiya qilaman bu loyihada ishtirok etib, o‘zingizni sinab ko‘rishingizni.

👉 Batafsil

Ba’zida bizga berilgan imkoniyat oyog‘imiz ostida bo‘ladi.


09.05.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👀3
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeksʼda DevOps kuni!

📌 31-may, shanba kuni TATU binosida "UzGeeks May2025 DevOps Day Meetup" boʻlib oʻtadi.

⭐️Meetupʼda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
1️⃣GitOps Beyond Kubernetes: Applying GitOps to VMs, and more
- Numon Amirov (Owner @ Subinc);
2️⃣Lets Nix it.”
- Sokhibjon Orzikulov (Head of OSS @ Uzinfocom);
3️⃣Katta infrastrukturani boshqarishda monitoringning o'rni.”
- Jahongir Yovmuddinov (Yetakchi mutahassis @ Mobiuz);

🔄 Meetup odatiy ravishda bepul boʻlib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida roʻyxatdan oʻtish kerak.

📍Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 108 (Toshkent axborot texnologilari universiteti)

🎙Hamkorlar:
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️ Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi;
➡️ Thinkland.
➡️ Toshkent axborot texnologilari universiteti
➡️ Floss O'zbekiston.

Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
👍5🔥3
UzGeeks Community
UzGeeks May2025 DevOps Day Meetup
Uzgeeks Meetup ko`pchilik dasturchilar uchun juda foydali tadbir.
Agar hali qatnashib ko`rmagan bo`lsangiz, boshlash uchun ayni vaqti.
Agar xabaringiz bor bo`lsa, yana bir bor eslatib qo`yishni xohladim.

Tadbir barchangiz uchun foydali bo`lishini tilab qolaman.

19.05.2025 London
@DrAlgorithm
6👍3🔥1
Google I/O 25

Gemini ishlatib yoqtirib qolgan edim. Endi yana ham ishim osonlashar ekan.

Koʻrishni tavsiya qilaman. Koʻp yangiliklar bor ekan.

20.05.2025 London
@DrAlgorithm
👍15👀3
Qudrat Abdurahimov
Soft Skills ning sinonimi Human Skills. O'zbekchasiga "Odamiylik ko'nikmalari" degani.

Misollar orqali tushuntiraman:
1) Vaqtga amal qilish — bu odamiylik
2) Gapni bo‘lmasdan tinglash — bu odamiylik
3) Jamoada mas’uliyat olish — bu odamiylik
4) Tanqidni qabul qilish va yetkazish — bu odamiylik

Xullas, yumshoq ko'nikma atamasini yo'qotib, "Odamiylik ko'nikmalari" atamasini joriy qilamiz. Bunga yillar ketishi mumkin. Lekin to'g'risi ham shu.

@QudratAbdurahimov - Soft Skills|Odamiylik ustozi
Odamiylik ko`nikmasi

Juda ajoyib talqin va taklif boʻlibdi. Endi suhbat olish jarayonida (job interview) shu atama, Odamiylik koʻnikmasini, ishlatsak atama tezroq hayotga kirib keladi.

Odamiylik
Odob
Intizom
Axloq

Tilimizda oʻzlashgan soʻzlar oʻrniga ishlatish mumkin boʻlgan va maʼnosi toʻlaroq ifoda eta oladigan soʻzlarimiz koʻp. Ularni qoʻllay olish - san'at.

Qudrat aka aytganlaridek: Vaqt ketdi, qani qanchada singar ekan.


Chorlov, chaqiriq (challenge)ga tayyormisiz?

21.05.2025 London
@DrAlgorithm
2👍33🔥2🕊1
Sardor Dushamov | PHP forever
Puli ham kerak emas. Shu paytgacha hali shogirdlarimdan norozilar bo'lmadi
Ilm tekin emas, ammo...

Sardor og‘a dars berishni qayta boshladilar. Juda zo‘r mutaxassis ekanlarini yaxshi bilasiz. 20 yil oldin bo‘lganida, kurslariga borgan bo‘lar edim.
Hozir qabul qilmasalar kerak.
HTML, CSS, JSni o‘rganib kelishim kerak bo‘ladi.

Shunga sizga ilindim. Online kurslar yaxshi. Vaqt tejaydi va mustaqil o‘rganishga o‘rgatadi.
Lekin ustoz bilan hamnafas, bir xonada ilm olish gashti boshqacha.

👉 Kurs haqida: https://hottg.com/Sardoroga_blog/2626

PHP ko‘p veb sahifalarning onasi bo‘lib ulgurgan. Shunga buni ham o‘rganib qo‘yish foydadan holi emas.
* Har yili 1 ta yangi texnologiya o‘rganadigan "oka"larimiz bor.
* Kursni o‘qib bitirganlar "Kotta odam" bo‘lib ketishgan.
Shulardek bo‘lish sizga ham nasib etsin!

26.05.2025 London
@DrAlgorithm
1🔥26👍5🕊5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔42🔥144
Qahva

Ertalabdan Axborot xavfsizligi boʻyicha konferensiyaga bordim.

Vendor risk-management boʻyicha bitta xizmatni koʻrish uchun stend oldida turgan edim. Qahva moshinasini qoʻyib qoʻyishgan ekan. Xodimlaridan biri kelib, birinchi soʻragan narsasi: "Qahva ichasizmi?" - boʻldi.
- Americano, - dedim oʻylab oʻtirmay.

Juda zoʻr gʻoya. Ertalabdan qahva ichadiganlar koʻp. Qahva soʻragandan keyin aniq 5 daqiqa sizning stend oldida turishadi, ular endi siz uchun vaqt ajratishi tayin.

Win-win


Qahva koʻpi bilan £5 tursin. Agar 20 ta shunday suhbatdoshdan bittasi siz bilan shartnoma imzolasa, £15,000 degani.

Konferensiyadan koʻp foydali maʼlumotlar oldim.

05.06.2025
@DrAlgorithm
🔥29👍9🥰1🕊1
Assalomu alaykum kanalimiz ahli,

🕌 Barchani kirib kelgan Qurbon Hayiti ayyomi bilan tabriklayman. Ibodatlaringiz qabul boʻlsin. Kuningiz hayrli va barakali boʻlsin!

Shu bilan birga Sardor ogʻadan oʻrnak olgan holda doʻstlarimiz

* Qudrat ogʻa Abdurahimov
* Anvar aka Narzullaev
* Sardor ogʻa
* Jahongir Rahmonov
* Muhammadjavohir Sur'atov
* Khumoyun Inoyatov
* Farkhonjon Chinberdiyev
* Umar Sadullayev
* Zarifjon Naxalov
* Botir Ziyatov
* Temurbek Adhamov
* Adham Zohirov
* Diyorbek Ibragimov
* Murodjon Normatov

sizlarni alohida muborakbod etmoqchiman.

Sizni, oila a'zolaringizni va albatta kanalingiz a'zolarini bayram bilan tabriklab, xonadoningizga tinchlik, oilangizga totuvlik, roʻzgʻoringizga baraka tilayman. Ishlaringiz doimo rivojli va unumli boʻlsin.

Sizlar sohamiz mutaxassislarisizlar va bu yoʻlda oʻz bilim va tajribalaringizni beminnat ulashib kelyapsizlar. Koʻpchilik bilan shaxsan koʻrishish nasib etgan. Hatto birga ishlash ham nasib etgan. Jamiyatimiz haqida qaygʻuradigan insonlarsiz.

Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlanishiga oʻzingizning hissangizni qoʻshayotganingiz uchun alohida rahmat.

05.06.2025
@DrAlgorithm
👍15🔥7👏2🎉1🕊1
Dasturchi Prodga qo‘li yetsa.

O‘zbekistonda juda ko‘p dasturchilar Prod serverdan foydalanadi. (Foydalana oladi ham emas, aynan foydalanadi)

Bu juda juda yomon odat.


Lekin, faqat bizda emas, Yevropada ham shunday holatlar uchrab turadi.

Phoenix kitobida shunday joyi bor.

1. Dasturchilar kompyuterida Admin bo‘lib ishlay oladi.

2. Xohlagan payt Prod serverga o‘zgartirish kirita oladi.

Hurmatli biznes egalari, bunday xatolar biznesingiz 0 ga aylanishiga yoki boshqa birovga o‘tib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli ba’zi tavsiyalarni ko‘rib chiqsangiz.

1. Albatta Test server oling.

Ko‘p korxonalarda faqat bitta server bo‘ladi va majbur hamma prod bilan ishlaydi.

2. DevOps va Dasturchining farqiga boring. DevOps sizning odam bo‘lishi kerak. Progda unga huquq beriladi. Dasturchilar esa Test server bilan ishlaydi. Prodga kira olmaydi.

3. Albatta Progda ma’lumot chiqishi jarayonini yozib chiqing. Va o‘zingiz amal qiling. QA javob bergandan keyin DevOps chiqara oladi. Shu tamoyil va rol larni bilib oling.

4. Dasturchilarga o‘zingiz qurilma olib bering. Admin huquqi bo‘lmasin.

Agar dasturchi o‘zining shaxsiy kompyuteridan ishlasa, demak sizning ma’lumotlaringiz xavf ostiga.

5. IT Audit qilib turing.

IT Audit qila oladigan tashkilot va dasturchilar bor. Ularning maslahatini olib va joriy qiling.

Prod hech qachon o‘chmasin!


07.06.2025 London
@DrAlgorithm
👍33🔥13👎3🕊1
Quloqchin

InfoSec konferensiyasidan yana bir qiziq g‘oya.


"Cyber strategy" mavzusida taqdimot bo‘lmoqda.

Eshik oldida 2 maxsus xodim turib, sizning QR kodingizni o‘qib (scan qilib), joy ko‘rsatishmoqda.

Xona katta, taqdimotchining ovozi eshitilmaydi. Qiziq g‘oya qilishgan ekan:

Har bir kursiga quloqchin (headphone) qo‘yib chiqishgan. Usiz 30 metr masofadan ham, 5 metr masofadan ham taqdimotchining ovozi eshitilmaydi. E’tibor bersam, hamma quloqchin taqib olgan. Taqib ko‘rdim va taqdimotning ovozini baland va tiniq eshita boshladim.

Quloqchinning bunday turi tanlangani ham bejiz emas.

1. Quloq ichiga kirib, kir qilmaydi. Biror kishi taqqan quloqchinni taqish mumkin, gigiyena tomoni biroz yaxshiroq.

2. Katta bo‘lgani uchun tashqaridan keladigan shovqinni to‘sar ekan. Ovozsiz taqib olsangiz tashqaridagi ovozlarni eshitmas ekansiz.

3. Simsiz ekani taqishni osonlashtirgan. Kirishda tikka turib eshitish uchun ham 4-5 ta quloqchin tayyorlab qo‘yishgan.

Xullas, juda ajoyib gʻoya ekan.

Yana bir qiziq holat. Kirish uchun mavzu tanladim. vaqtdan 5 daqiqa avval keldim. Qarasam 10 kishilik navbat turibdi. Men ham qo‘shilib oldim. Taqdimot boshlanganida oldinda 10 kishi, orqada yana 15 kishi navbat poylab turishar edi. Yoki mavzu juda qiziq, yoki odamlar juda tartibli.

Kuningiz xayrli o‘tsin.


08.06.2025 London
@DrAlgorithm
👍37🔥5🕊2
Sun’iy intellekt (SI) yordamida virus...

Konferensiyada eng qoyil qoldirgan mavzu shu boʻldi.


Sun'iy intellekt (SI) yordamida dasturlarning zaifliklarini topish. Bilamiz hozir ChatGPT juda koʻp masalalarni yengillashtirib bermoqda. Shu bilan birga kod yozish va kodning sifatini tekshirishni ham.

Endi qarang, ishlab turgan tizimlarning zaif joyini bilib qolsangiz, nima boʻladi? Albatta, siz tizimga kirish, uni toʻxtatish yoki ma'lumotlarini olishingiz mumkin boʻlib qoladi. Korxonalar shuni oldini olish uchun Oq xakerlarni yollashadi.

Zaiflikni topish juda qiyin ish. Xuddi igna bilan quduq qazishdek.


Hadrian'dagi bollar nima qilishibdi, - deng. Ular GPTning eng kichik modelini olib, unga hozirda ma'lum boʻlgan zaifliklarni oʻrgatishgan. Natijada... juda qiziq.

Natija: Hali hech kimga ma'lum boʻlmagan 0-day zaiflikni topdi.


Bu model juda kichik, atigi million parametrlik. ChatGPT'dan minglab marta kichik. Lokal kompyuterda ham ishlata olasiz. SI agentlari bilan ishlay oladi.

Menga yoqqan tomoni nima bo‘ldi?

Bu model bilan siz ishlab chiqarayotgan dasturingizni QA testdan tashqari AI Zaiflik testidan ham oʻtkaza olasiz. Bu esa dasturingiz juda kam zaiflik bilan dunyoga chiqishiga sabab boʻladi.

Izoh: Namoyish (prezentatsiya) rasmlarini post izohiga tashlab qo‘yaman. Hozircha -
havola.

09.06.2025 London
@DrAlgorithm
👍18🔥6🕊1
Ota, farzand va kitob

Avtobusda ketayotib ajoyib manzarani kuzatdim.

Ota farzandini aravachada olib ketmoqda, qoʻlida kitob.


Iroda - kitobni keyin oʻqirman, shartmi hozir oʻqishim, - desa boʻladi-ku. Otaning matonati, barcha "sabab"larni "bahona"ga aylantirganini qarang. Irodasiga qoyil qoldim.

Intizom - har birimizga vaqt kuniga 24 soat berilgan. Kimdir ishini ketma-ket reja qiladi. Shu sabab har bir ishga ketgan vaqtni yigʻsak 24 chiqadi. Kumdir ertalab turib: "Bugun nima qilmoqchi edim", - deydi. Uniki 16 chiqsa kerak. Rasmdagi otadek insonlarda ishlar parallel reja qilingan boʻladi. Bular kuniga 32 soat yashasa kerak.

Ota - farzandini maktabga olib borish faqat onalarning vazifasi emas. Otaning ham vazifasi. Rasmga qarab, oʻylanib qoldim. Yuqoridagi gapga yaxshi namuna ekan.

Eʼtibor bering, aravachada 2 ta bola.


- Mayli, man ishga ketdim. Bollarni bir nima qilarsan, - deb ketvorsa boʻladi -ku.

Xulosa qilib aytganda, hali bir-birimizdan oʻrganadigan narsa koʻp. Vaqtimizni qancha unumi qila olsak, shuncha oʻzimizga va yurtimizga yaxshi.

Kitob oʻqigan xalq kambagʻal boʻlib qolmaydi.


Oʻqiylik. Oʻrganaylik.

---

Kecha bitta yangilik oʻqib qoldim. AQSh va Xitoy oʻrtasida boj masalasi uzil kesil hal boʻlibdi. Endi Xitoy xalqi AQSh universitetlarida maxsus imtiyoz bilan oʻqishi mumkin. Xitoy oʻz xalqi AQShda oʻqishi uchun harakat qilmoqda. 10-20 yilda koʻrasiz, Xitoy taʼlimda ancha oldinga oʻtib oladi. Keyin hammamiz Xitoyga borib oʻqisak kerak, "MIT Chin" da.

12.06.2025 London
@DrAlgorithm
🔥38👍182🕊2👀1
Anti DeepFake

SI (Sun'iy Idrok) rivojlanishi ham ijobiy ham salbiy oqibatlarga sabab boʻldi. Shulardan biri DipFeyk (DeepFake) texnologiyasi. Bu texnologiya yordamida siz biror shaxs nomidan ish yurita olasiz.

Bu xuddi birovning imzo qoʻyishini oʻrganib olgandek.

FinTex bozori


FinTex bozori odamlarga online xizmat koʻrsatishga asoslangan. Bank idorasiga borgandek, idoralarga borishingiz va navbat kutishingiz shart emas. Buni barchasi online amalga oshiriladi.

Xizmat koʻrsatishning eng nozik qismi mijozning shaxsini tasdiqlash. Buning uchun turli shaxsni tasdiqlovchi (ID Verification) xizmatlari bor. Masalan, MyIdUz. Yuzingizni va hujjatingizni rasmga oladi va tasdiqlaydi.

Ammo bu tizimlarni DeepFake orqali aldash mumkin. Birovning rasmi bor boʻlsa, uning videosini yasab, shaxsni tasdiqlash tizimini aylanib oʻtsa boʻladi.

Konferensiyadan yangilik


Konferensiyada koʻrgan texnologiyalardan biri aynan shu DeepFake, yolgʻon shaxsni tasdiqlash, videosini aniqlash ekan.

Bu tizim shaxsni tasdiqlash tizimi bilan ketma-ket ishlaydi. Videoni bunga yuklaysiz, video rostdan ham haqiqiy odam olgani yoki DeepFake yordamida yasalganini aniqlab beradi.

Qanday ishlashiga qiziqib koʻrdim. Har bir Frame'ni tekshirib, orasida qanday oʻzgarishlar boʻlganidan aniqlar ekan. Koʻp parametrni hisobga oladi.

Aytadi-ku, kosmik kemalarimiz fazoni zarb etayotgan paytda...


SI sohasida ochilmagan ixtirolar hali koʻp.

13.06.2025 London
@DrAlgorithm
🔥20🕊2🙈2👍1
Tanish bilish - Buxgalteriya sohasida Networking

Kecha bir tadbirga qatnashdim. IT sohasida bo‘lmagan soha vakillarining tanishish (Networking) tadbiri. Asosiy homiy raqobatchilarimizdan biri Tide edi :)

Ofisini aylanish, qahva ichishdan tashqari ham qiziq narsalar bor ekan.


Lekin ofisdagi ba’zi narsalarni etmasam bo‘lmaydi:
* Ofis shahar markazida (qimmat) joylashgan.
* Liftga ID karta bilan kirar ekansiz. Lekin eng qizig‘i, lift chaqirish uchun, qavat raqamini klaviaturada terish kerak ekan. (2000-yillardagi Desktop application larni eslatib yubordi.) Yetmaganiga kod terib, chaqirish tugmasini bosish kerak ekan. Qavat raqamlari tugmalari yo‘q :)
* Workly ga o‘xshash tizimi bor, hamma ID karta bilan yurar ekan. (bechoralar)
* Ovqatlanadigan qavatda: Kitob do‘koni, salon, muzqaymoq moshinasi, Arkade o‘yingohi bor ekan. Xullas, o‘qisang ham, dam olsang ham bo‘ladi.

Namoyishlardan biri bank va buxgalteriya sohalarini ulash haqida bo‘ldi.


Bu g‘oyani 2015 yillar bir buxgalter tanishim yo‘lga qo‘yishni boshlagan edi. Ba’zi sabablarga ko‘ra yuritish qiyin bo‘lgan edi. Hozir esa deyarli hamma imkoniyat bor. Hali ham bo‘lsa bu loyihani ishga tushirish kerak ekan.

Agar biror bank shuni qilaman desa, ayting, tanishtirib qo‘yaman.


Angliyada bank sohasiga raqobat ko‘pligi uchun an’anaviy usul ishlamaydi. Albatta bitta tor sohani tanlab, unga chuqurroq kirishingiz kerak. Xos soha bilan ishlanmasa, tolov tizimlari bozoriga kirish qiyin.

Bizda ham shunday turli sohalar uchun tanishish (Networking) tadbirlari ko‘paysa yaxshi edi. Rivojlanish uchun aqlli odamlar uchrashib turishi kerak. Bir birimiz bilan raqobat qilgandan, birlashib ishlagan yaxshi deb o‘ylayman.

Shunaqa gaplar...

Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin! 🤲

14.06.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🕊21🔥1🤔1🤯1
Parolni qayerda saqlaysiz?

Bu savol meni ko‘p o‘ylantiradi va kamida 10-15 ta saqlash usulini ko‘rganman.

Mana masalan, Siz, shaxsiy parollar (kalitlar)ingizni qayerda saqlaysiz?


Ba’zi men bilganlarim:

1. Barcha parol bir xil. Eslab qolaman.

2. Notepad yordamida filega saqlayman. Chunki parollarim turlicha va ko‘p.

3. Qog‘oz daftarim bor, shunga yozib yuraman.

4. Ishxonada, monitorga yopishtirib qo‘yganman.

5. Browser o‘zi saqlaydi, man bilmayman.

6. Apple / Google password manager saqlaydi. O‘zi bilib. Man faqat yuzimni ko‘rsatib ochaman.

7. Password managerda saqlayman (!)

8. Mening parolim algoritmi bor. Har bir sayt uchun alohida. Shu algoritm asosida parol yasab, ishlatib yuraman. Saqlamayman.

9. Maxsus qurilma bor. Parollar unda turadi. Man USBga ulab ishlataman (!!)

10. Mani parolim nima edi?

Hozirgi zamonda bu kabi holatlar hammamizda bor. Kimdir his etadi, kimdir esa yo‘q.


Bir vaqtlar har oy ba’zi tizimlar parolini almashtirishim kerak bo‘lar edi. Shunda yangi parol o‘ylab topish qiyin edi. Takrorlanmaydigan parol ixtiro qilish vaqt olardi. Bu ish uchun sayt qidirib, LastPass'ni topgan edim. Ishim juda tezlashgan, kamida 15 daqiqa tejar edim.

Shunda savol tug‘ilgan edi:

- Bu saytga nima zaril parol yasaydigan qilish? Bu tashkilotga nima foydasi bor? - deb.

Hozir password manager'ni har kuni ishlataman. Qulayliklari man o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq.

Avval qanday yashagan ekanman? :)


InfoSec konferensiyada bir necha password manager korxonalar qatnashdi. Hozir ham yangiliklar qilib turishibdi. Qayerdan yangi g‘oya o‘ylab topganini ko‘rib, hayron qolasiz.

Maslahatim, tezroq password manager ishlatishni boshlang.

Izoh: Parol so‘zining o‘rniga Kalit so‘zini ishlatmoqchi edim. Odamlarda parolni saqlash g‘oyasi hosil bo‘lishini istadim. Kalit nima ekan deb chalg‘ishni emas.

16.06.2025 London
@DrAlgorithm
👍33🔥5🤝3🕊1
Qurilma ishxonada katta yordamchi

Biznes pul topish uchun tashkil etiladi. Kamroq xarajat ko‘proq daromad topishga reja qilinadi.

Lekin har doim ham kam xarajat ko‘p foyda olib kelmaydi.


Bunga misol tariqasida dasturchilar ishlatadigan qurilma haqida aytib bermoqchiman.

2007 yil, ilk StartUp’ga asos solgan vaqtimiz edi. Loyihani muhokama qildik, bitta homiy topdik va 4 ta kursdosh ishni boshladik.

U vaqtlar Yarmarka nomi bilan mashhur savdo do‘konlari bo‘lar edi, Navoiy ko‘chada. Dasturchilar (biz) ishlashimiz uchun kompyuter (desktop) olishimiz kerak. Do‘konlarni aylandik va qurilma konfiguratsiyasini so‘rashdi.

Intel Core 2 Duo - u vaqtlar yangi chiqqan vaqtlari edi.


Bitta qurilmada 2 CPU lar davri. Eng zo‘r kompyuterni yig‘dirib olganmiz. Intel Core 2 Duo 2CPU 2vCPU 2.4GHz, 16GB RAM...

Kompyuter narxi oddiy kompyuterga qaraganda 2-3 marta qimmat edi. Server qilib ishlatsa ham bo‘lar edi. Asosiy plata (Motherboard)ning media pulti ham bor edi. Taqdimot (prezentatsiya) ko‘rsatishda yoki media pleyer boshqaruvida ishlatish uchun.

Aynan shu qimmat texnika bizga keyinchalik katta foyda bergan. Nima uchun deb o‘ylaysiz?

Imkoniyati kuchli bo‘lgan texnika dasturchining vaqtini tejaydi.


Kod yozganda kompilyatsiya vaqtiga ko‘pchilik e’tibor bermaydi. Ayniqsa kattaroq loyiha bo‘lsa. Hozir Android Studioni mem qilib, sekin ishga tushadi (build qiladi) deyishadi. 2007 da esa Nokia uchun yozilgan Java dastur shunday edi. 5-10 daqiqa kutish kerak bo‘lar edi.

Bizning kompyuterlar shu vaqtni 1-2 daqiqada bajarar edi.

Bu nima beradi? O‘ylab ko‘ring, kodni yozgan dasturchi kuniga 10 marta kompilyatsiya qildi. 10 daqiqadan hisoblasak, 1.5 soat degani. Agar 20 marta bo‘lsa, 3 soat.

Ish vaqtining yarmi kutish bilan o‘tib ketadi.


Agar bu jarayon 1-2 daqiqada tushirilsa, dasturchi 10-20 ta emas, 50 marta ham Run tugmasini bosa oladi va ish faoliyati 2-3 marta tezlashadi. Chunki dasturchi kompilyatsiya uzun bo‘lgan uchun vaqtini tejab uzun kod yozadi. Bu esa kodni tekshirish (Code review) jarayonini sekinlashtiradi. Undan ko‘ra kalta kod yozib, ko‘proq ishga tushirsin. Kod kamroq xatoga ega bo‘ladi, ish tezroq bitadi.

Demak, qimmat texnika olganimiz bizga foydaga ishlar ekan.

Dasturchining vaqti qimmat turadi. Siz 3 soat kutib o‘tirishiga beradigan pulingiz bitta yangi kompyuter narxiga teng bo‘ladi.


Shunday ekan, jamoani tez va qiziqib ishlashini xohlar ekansiz, ularning ish qurollarini puxta qilib qo‘ying.

20.06.2025 London
@DrAlgorithm
👍36🔥7🕊1
Pavel Durov
Telegram’s looking for an Android dev — who’ll earn $1M / year
Telegramdan $1,000,000

Mobile development juda ajoyib yo`nalish.
Bu bitta texnologiya (stack) ning o`zida uzoq vaqt ishlasa bo`ladi. Tez o`rgaravermaydi. Shunga agar o`zingiz yoki farzandingiz shundan muqim (stabil) texnologiya (stack)da ishlashini xohlasangiz, mos o`quv markazlariga yuboring. Masalan, GITA.

Telegram $1M/yiliga to`lamoqchi bo`lgan bir vaqtda tayyor dasturchi maza qiladi.

23.06.2025 London
@DrAlgorithm
👍20🤣12🔥10
HTML Embed Code:
2025/07/09 23:11:16
Back to Top