TG Telegram Group Link
Channel: Dr. Algorithm
Back to Bottom
Farkhod.com
Kredit tarixiga taqiq qo'yamiz O‘zingizni va oila a’zolaringizni noquniy kredit olishdan saqlash uchun, kredit tarixiga cheklov qo‘yishni tavsiya qilaman.  KATM degan markaz bor. Unda barcha fuqarolarning kredit tarixi saqlanadi. Qaysidir inson kredit olmoqchi…
Farhod yaxshi mavzuni ko`tarib chiqqan ekan.

Kredit o`zi yaxshi narsa emasligini bilamiz. Lekin bizning ustimizdan ish qilishligi yanada ayanchli.

O`zbekistondan tashqarida https://portal.infokredit.uz portali ishlamas ekan. Shuning uchun MyGovUz orqali qilib ko`rdim.

1. MyGovUz dagi kabinetingizga kirasiz. https://my.gov.uz

2. https://my.gov.uz/oz/service/1107 havola orqali "Kredit tarixini olishga cheklov o‘rnatish" xizmatini tanlaysiz.

3. "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosasiz.

4. Ekranda 2 ta narsani yoqish kerak ekan.

5. Avval pastda turgan SMS ni yoqasiz. SMS kelasi, 4 xonali son. Shuni kiritasiz.

6. Keyin kredit tarixini o`chirasiz. Yuqoridagi tugmani bosasiz.

Agar uyda kattalar bo`lsa, ularning kabinetlariga birga kirib, ular uchun ham o`chirib bersangiz bo`ladi.

Foydali bo`ldi. Rahmat @Farkhod_com ‼️

15.10.2024 London
@DrAlgorithm
🔥19👍15
Forwarded from UNICON SOFT
☄️“15 mln kuzatuvchisi bor YouTube kanali egasining telefonini buzib, kanal ma’murligini qo‘lga kiritishdi – shartli ravishda, albatta”
Yuqoridagi ma’lumotlar Dr. Algorithm Telegram kanalida e’lon qilingach turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Asosiy ofisi Londonda joylashgan Moneff kompaniyasi IT-menejeri Saidolim Jo‘rayev yozyapti:
“Apple asoschilari avval telefon tizimini buzishgani (hack) qilishganini bilarmidingiz?
• Rim Papasiga tekinga telefon qilib, ertalab uyg‘otishganinichi?
• Dubay shayxining qizi Shayx Latifani telefon orqali ummon markazidan topishgani, GPS‘siz;
• SMS orqali keladigan bir martalik kalit so‘z – OTP (One Time Password)larni ham bilish mumkinligi;
• OTP orqali Telegram‘ga kirishga 15 soniya yetarli ekani;
• Python‘da yozilgan kod orqali sizga kelayotgan qo‘ng‘iroqlarni boshqa “qabul qilishi” mumkinligi;
• GPS‘siz qachon va qayerga borganingizni bilish qiyin emamligi;
Xullas, 15 million obunachisi bor YouTube kanalini buzib kirishdi – xavfsizlik tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda ...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-199
📱 Suhbatni tomosha qilish👉 https://youtu.be/F5lt7riGD3c
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👌3😱21
Xavfsizlik kaliti

Mobil telefon raqami buzilishi va SMS xabarlarni o‘qish mumkin ekanini yozganimdan keyin ko‘p savollar bilan murojaat qilishdi. Shu sababli shaxsiy hisob (account) laringizni qanday qilib himoya qilish haqida aytib bermoqchiman.

Boshladik...

Ko‘pchilik hozirgi kunda shaxsiy ma'lumotlarini internet tizimlarida saqlaydi. Email, ijtimoiy tarmoq, bank hisobi va boshqalar. Ularni himoyalash uchun esa login va parol (password) yetarli emas. Chunki agar sizning loginingizni bilish oson. GMail uchun email manzilingizni ishlatasiz. Demak faqat parolni bilishim yetarli ekan. Buni esa bilish usullari ko‘p. Bu haqida alohida...

2FA / MFA

Demak, eng nozik joyimiz parol ekan, uni himoya qilish qiyin ekan, bizga yana bir narsa kerak. Shu sababli ham 2FA/MFA o‘ylab topilgan.
2FA - Two Factor authorisation - Ikki faktorli avtorizatsiya
MFA- Multi Factor authorisation - Ko‘p faktorli avtorizatsiya

Siz Instagram yoki boshqa tizimga kirishga avval login va parol terasiz. Keyin esa sizga SMS keladi. U yerda kelgan kodni kiritsangiz, keyin hisobga kiritadi. 2-faktor sifatida SMS xabar ishlatildi.

Endi SMS ni buzishdi, nima qilamiz?

OTP Auth app

Yana bir usul, bu tizimga kirish uchun maxsus dasturlardan foydalanish. Google Authenticator, Microsoft Authenticator va boshqalar shu jumladan.

Sizga QR kod beriladi. Google Authenticator orqali rasmga olsangiz ro‘yxat paydo bo‘ladi va son ko‘rinadi. Bu son har 30-60 soniyada almashib turadi. Bu son internet orqali ishlamaydi. Shu sababli online buzish mumkin emas!

Login/parol terganingizdan keyin sizdan son (kod) so‘ralganida, siz bu dasturga kirib ko‘rsatilgan sonni olishingiz mumkin. (2-rasm).

Production kaliti - (YubiKey)

Google Authenticator kabi dasturlar ko‘pincha kodlarni serverda saqlashadi. Siz telefoningizni yo‘qotib qo‘ysangiz, hammasini qayta tiklamasligingiz uchun serverdagi hisobingizda saqlashadi. Bu esa sizning OTP kodlaringizni olish zayifligini hosil qiladi. Ya'ni sizning Google Authenticator'ga kira olsam, sizning bank hisoblaringiz va boshqa OTP'larni qo‘lga kirita olaman.

Shu sababli eng muhim joylarda yanada ishonchli usul kerak. Bulardan biri jismoniy (hardware) kalitlar. Bu kalitning vazifasi, USB ga ulaganingizda juda uzun kod hosil qiladi. Bu kodni terish imkonsiz (ko‘p vaqt oladi). Ba'zi kalitlar barmoq izini ham tekshiradi.

Kamchiligi, agar kalit uyda qolib ketsa, hisoblaringizga kira olmaysiz.

Production server bu IT soha odamlari va biznes egalari uchun eng muhim himoya talab qiladigan joy. Chunki u yerda nafaqat shaxsiy ma'lumotlar, balki mijozlarimiz ma'lumotlari, hujjatlari hatto pullari turishi mumkin.

Aynan shunday muhim joylarda YubiKey kabi kalitlar ishlatish o‘rinli.

Namuna

Albatta, gapirib o‘tish oson, lekin amaliyotga ham ishlatilgan bo‘lsa, keyin to‘g‘ri bo‘ladi, shunday emasmi?

Men GMail ga kirishim uchun SMS o‘rniga temir kalit ishlataman. Yangi qurilmagan kirganimda noqulaylik tug‘diradi.
Lekin yaxshi tomonlari ko‘p:
1. Kalitni USB ga qo‘yib, barmoq bossam yetarli.
2. SMS xabarni telefon ekranidan ko‘rib olish mumkin. Bunda esa yo‘q.
3. Ko‘p dasturlar (Chrome, AWS,...) kalitni ishlatishni biladi.
4. Telefonda ishlatish uchun NFC dan foydalanish mumkin. Tekkizsa o‘zi kod oladi.

Kamchiligi:
1. Doim yoningizga olib yurish kerak.
2. Yo‘qotib qo‘yish oson, juda kichkina.

Xulosa qilib aytganda. Agar qiymatli tizimlar bilan ishlasangiz albatta temir (xavfsizlik) kalitga o‘ting. Hatto shaxsiy YouTube, GMail larga ham ulab olsangiz bo‘ladi.
Ulagandan keyin albatta SMS ni o‘chirib qo‘ying.

24.10.2024 London
@DrAlgorithm
🔥19👍16
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da AI kuni esingizdami?

📆 26-oktabr, shanba kuni Toshkent shahri, Muminov ko'chasi 4A, (eski Mohirdev ofisi) "UzGeeks October2024 AI Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Data Preparation" - Aziz Abdumalikov
2️⃣ "Biznesda Sun'iy Intellekt" - Muhammadali Salohiddinov
3️⃣ "Tavsiya qilish tizimlari ijtimoiy tarmoqlarda qanday ishlaydi?" - Mohinur Abdurahimova
4️⃣ "Thinking Machines: Understanding the Rise of AI" - Zarifjon Naxalov
5️⃣ "AI plus You" - Adham Zohirov

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(eski Mohirdev ofisi)

Hamkorlar:
- O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
- Thinkland - Mohirdev - UIC Group

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
👍92🎉2
Yangi Eng katta tub son

NewScientist jurnalida yangi eng katta tub son e’lon qilindi.
Havaskor izquvar 41 million raqamli eng katta tub sonni topdi.

2^136,279,841-1


Bugun yangiliklarda yangi eng katta tub son topilganini o‘qib qoldim.
Nima uchun yangi? Nima uchun eng katta?

Matematiklar uchun qiziqarli masala bor. Keyingi tub sonni topish. Bu o‘ziga xos qiziq jarayon.

Yoshlikda ko‘pchilik olimpiadaga tayyorlanishda tub son masalasini yechgan bo‘lsa kerak. 1000 gacha bo‘lgan tub sonlarni hozirgi kompyuterlar soniyada chop eta oladi. 1,000,000 gacha bo‘lgan tub sonlarni hatto telefonimizda topa olamiz.


Endi o‘ylab ko‘ring, siz topa oladigan eng katta tub son necha?

Bu masala bilan ko‘p olimlar shug‘ullanadi. Albatta, katta tub son hozirgi kunda faol ishlatilmaydi. Ammo qiziq masala.

* 2016 yilda eng katta tub son 2^74,207,281–1 aniqlangan edi. 22,338,618 ta raqamdan iborat bo‘lgan tub son. (M74207281)

* 2018 yilda esa 23 million xonalik tub son topildi: 2^77,232,917–1. Avvalgisidan 5 million raqamga uzunroq. (M77232917)

* 2024 yil esa 41,024,320 raqamdan iborat 2^136,279,841-1 soni aniqlandi. (M136279841)

Bularning barchasi GIMPS loyihasi asosida qilingan. GIMPS tub son topish bo‘yicha dasturlardan biri.

Topilma muallifi Lyuk Dyurant (Luke Durant) Nvidia’da GPU’larni ishlab chiqish muhandisi bo‘lib ishlagan. GIMPS ni ko‘pchilik shaxsiy kompyuterlarda ishlatgan bo‘lsa, Lyuk buni Nvidia GPU larida sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan.

GIMPS dasturini ishga tushirish uchun 17 ta mamlakatdagi 24 ta Data Markaz (Datacentre) da minglab GPU larni ulagan.


Amaliy jihatdan bu sondan foyda yo‘q. Lekin juda qiziq jarayon.

Siz ham shunday urinish qilib ko‘rgan bo‘larmidingiz?

Ilmiy maqolasini ko‘ring https://www.durable-science.net

Aytgancha, shu qilgan ishi uchun $3,000 mukofot puli ham berishibdi.

30.10.2024 London
@DrAlgorithm
3👍37🗿311😁1
Bilimning yaroqlilik muddati bor
(срок годности, expiry date)

O`ylab ko`rmagan ekanman. Kitobda shunday ibora kelib qoldi:

Afsuski, bilimning - yaroqlilik muddati bor.


Ilk bor o`qiganimda tushunmadim. Qayta o`qib ko`rdim. Yana tushunmadim. Tagidagi matnni o`qiganimda keyin tushunarli bo`ldi.

Keling birga fikr qilib ko`ramiz.

Bilim yaroqlilikdan chiqishiga sabab yangi texnologiyalar, tillar va muhitlar ishlab chiqarilishida ekan. Bozorning o`zgarishi siz biladigan texnologiyani o`yindan chiqishiga sabab bo`ladi. Sizning bilimingiz pasayishi ishlab turgan korxonangiz yoki mijozingiz oldida sizing qiymatingizni tushiradi.

Unda nima qilish kerak?

Yangi narsalarni o'rganish qobiliyatingiz sizning eng muhim strategik boyligingizdir. Asl boyligingiz yangi bilim olish ko`nikmasi mavjudligida.

Lekin asosiy qiyinchilik "Qanday qilib o`rganish" va "Nimani o`rganish"da.

Bilim portfoliosi

Dasturchilarning kompyuter haqida biladigan ko`nikmalari, dasturlari va texnologiyalarini Portfolio deb atashga odatlanganmiz. Lekin shu portfolioni boshqarish haqida o`ylab ko`rganmisiz? Bilim portfoliosini boshqarish xuddi moliya portfoliosini boshqarishga o`xshar ekan:

1. Tajribali investorlar muntazam ravishda investitsiya kiritib boradilar - odat tusiga kirgan.

2. Diversification uzoq muddatli daromad kaliti.

3. Tajribali investorlar portfoliosini ham konservativ, ham high-risk/high-reward biznes bilan muvozanatda saqlashadi.

4. Investorlar maksimal foyda olish uchun arzon sotib olib, qimmat sotishga harakat qiladilar.

5. Portfolio doim tekshirilib, yangilanib turishi kerak

Endi dasturchilarda qanday bo`lishini ko`rib chiqsak:

1. Muntazam investitsiya kiritish.
Doimo bilimingizga investitsiya kiritib boring. Kam miqdorda bo`lsa ham yangi narsa o`rganing. Bu oddiy ilmiy yangilik o`qish bo`lishi mumkin, yoki yangi chiqqan texnologiyani o`rganishni boshlash.

2. Diversification uzoq muddatli daromad kaliti.
Turli soha bilimlariga ega bo`lishingiz sizning qiymatingizni oshiradi. Bizning holda bitta texnologiyada qotib qolmasdan, yangilariga qiziqish, webdan backendga, mobilega o`tib ko`rish kadi. Yaqin tarixga nazar solsak, avval Desktop rivojlandi, keyin Web, keyin Mobile. Hozir Desktop uchun dastur yozayotgan nechta tanishingiz bor?

3. Portfolio muvozanati.
Texnologiya tanlashda diqqatli bo`ling. Bor kuchingizni bitta yo`nalishdagi texnologiyaga sarflamang. Vaqti kelib (2-3 yilda) vaziyat o`zgarsa, moslashish qiyin bo`ladi. Hamma bitta tilni o`rgansa, o`rganilmagan tilga talab oshib ketadi. Uni o`rganguningizcha unutilgan tilga talab oshadi. Shunga ikkisini bilish yaxshiroq.

4. Arzon sotib olish, qimmat sotish.
Texnologiya hali ommalashmasdan turib o`rganish, keyinchalik katta foyda olib keladi. Masalan, Java chiqqan vaqtda ko`pchilik uni tanimas edi. Hozir ko`p moliya dasturlari Javada yozila. O`z vaqtda o`rgangan yaxshigina natija (moliya)ga etishgan.

5. Portfolioni doim tekshirish.
Texnologiya shunday soha-ki, unda kecha chiqqan yangilik ertaga sovib qolishi mumkin. Shu sababli bilimlaringizni nazorat qiling. Siz biladigan Database texnologiyasi hozir kam ishlatilayotgan bo`lishi mumkin. Balki yangisini o`rganishingiz kerakdir?

Xulosa, bilim olishda to`xtamaslik kerak.
Bilim olishni o`rganaylik. Qanday olishni ham o`rganaylik.



Iqtisodchi emasman. Shunga atamalarni o`zim tushunganimcha yozdim.

* investor - sarmoyador. Biror tijoratga pul kirituvchi, uning ulushini sotib oluvchi odam.
* investitsiya - sarmoya. Biznesga kiritilgan/tikilgan pul yoki mulk.
* Diversification - turli biznes turlariga turlicha investitsiya kiritish. Muvozanat saqlash usuli.
* konservativ sarmoya - low-risk, kichik xavfli va bozorda o`zini o`rnini egallab olgan bizneslar. Kam foyda olib keladi, lekin kuyib qolish xavfi ham kam.
* high-risk - yuqori xavfli tez katta foyda olib kela oladigan va ayni vaqtda bittada 0 ga tushib qolish xavfi bor bizneslar.
* high-reward - yuqori daromadli bizneslar.


04.11.2024 London
@DrAlgorithm
👍50🔥171🤣1
Bir maqola yozish vaqtida boshqa kanallardagi 2 ta maqolani o`qib qoldim.

Foydali deb hisobladim. Ularning havolalarini shu yerda qoldiraman.
Sizga ham foydali bo`ladi degan umiddaman.

* Nega hozir Juniorlar va internlarga ish yo'q?
(Khumoyun Codes - https://hottg.com/khumoyun_codes)

* Negadur bizda ingliz tiliga bog’lanib qolingan.
(Doniyor Tojikhonov - https://hottg.com/doniyor_tojikhonov)

P.S. Maqolam ertaga kanalga chiqadi.

@DrAlgorithm
👍16🔥42💯1
Bilimga sarmoya - AyTi Reja

Bilimga sarmoya kiritish kerakligi haqida qilib oldik. Qachon va Qanday qilib savollariga javobni ham tahlil qildik. Keling endi shuni reja asosida qanday qilib amalga oshirish mumkin ekanini fikrlab ko‘ramiz.

Men o‘qigan kitobda quyidagi amallarni reja qilib bergan. Balki shundan boshlasak foydali bo‘ladi.


1. Yiliga kamida bitta til o‘rganing.

Turli tillarni o‘rganish sizga farqli fikrlash usullarini o‘rgatadi. Sababi har bir tilning o‘z shakli va yondashuvi bor. Qo‘shimcha ravishda yangi tilni bilish orqali ko‘proq ma'lumotga va tekin dasturlarga (software) qo‘lingiz yetishni boshlaydi. Faqatgina o‘zbek, Rus va Ingliz tilini bilsangiz, siz Portugal, Koreys, Yapon, Xitoy tillarida yozilgan kitoblar va texnologiyalarga ega chiqa olmaysiz.

2. Har oy bitta texnik kitob o‘qing.

Internetda izlash oson, sun'iy intellekt (SI) yordamida tez yechimga borish o‘z yo‘liga. Chuqur bilimga ega bo‘lish uchun albatta kitob o‘qish kerak. Bu sizga uzoq muddatli foyda beradigan manba. Hozirgi kunda ishlab turgan loyihalaringizga mos kitob toping, eng ko‘p o‘qilayotgan (best seller) kitoblarni ham izlab ko‘rsangiz bo‘ladi. Kitob o‘qishni odat qilganingizdan keyin, oyiga bitta kitob o‘qishni reja qiling. Kundalik hayotda ishlatayotgan texnologiyalarni o‘rganib bo‘lganingizdan keyin, yangi, hali ishlab ko‘rmagan texnologiyalarga o‘tib ko‘ring.

3. Texnik bo‘lmagan kitoblarni ham o‘qing.

Esingizdan chiqarmang kompyuter odamlar ishlatishi uchun chiqarilgan - bu odamlarning og‘irini yengil qilish sizning vazifangiz. Siz odamlar bilan ishlaysiz, odamlar sizni ishga oladi va albatta odamlar sizning dasturingizni buzadi (hack). Demak biz doim odamlar bilan ishlar ekanmiz, ular bilan muloqot qilish, tushunish, his qilishni bilishimiz kerak. Buni odatda Soft-skill (yengil ko‘nikma) deb atashadi, aslida bu yengil ish emas.

4. Kurslarga qatnashing.

Doim kurs va konferensiyalarga qatnashing. Xoh borib qatnaydigan bo‘lsin, xoh online - farqi yo‘q. Har qanday sifatli kurs yoki konferensiya sizni yangi bilim olishga va darajangizni oshirishga yordam beradi.

5. Mahalliy hamjamiyatlar va meetup'larga ishtirok eting.

Yopiq bo‘lish va izolyatsiya sizning zararingizga ishlaydi. Korxonangiz tashqarisida nimalar bo‘layotgani va odamlar nimalar bilan band ekaniga qiziqing. Borib, faqat tinglovchi bo‘lmang, faol ishtirokchi bo‘ling.

6. Turli muhitlarda ishlab ko‘ring.

Agar siz Windowsda ko‘p ishlagan bo‘lsangiz, endi Linuxga o‘tib ko‘ring. Ishlatayotgan IDE ni boshqasiga almashtirib ko‘ring.

7. Doim trendda bo‘ling.

Yangiliklar va maqollar o‘qib yuring. Siz ishlatib kelayotgan texnologiyaga aloqasi bo‘lmasa ham o‘qing. Bu sizning fikrlash doirangiz kengayishiga va doim texnologiya rivojlanishi bilan birga bo‘lishga yordam beradi.

Asosiy maqsad, doimiy sarmoya kiritishda.


Bitta joyda to‘xtab qolmang. Bitta til yoki texnologiyani mukammal o‘rganib bo‘ldingizmi, yangisini o‘rganishga davom eting. Bu bilan boshqa texnologiya (stack) da ishlayotganlarni his qilasiz, ularning sheva (va jargon)larini tushuna boshlaysiz va hokazo.

Yangi o‘rgangan texnologiyani ertaga ishlatasizmi yoki tarjimayi holingizga (CV) qo‘shasizmi, umuman ahamiyati yo‘q.


O‘rganish jarayonining o‘zi fikrlashingizni rivojlantiradi, yangi imkoniyatlar va yondashuvlarga yo‘l ochadi. o‘rgangan narsalaringizni loyihalaringizga tatbiq etishga harakat qiling. Texnologiyani o‘zini ishlata olmasangiz ham uning ishlash uslubini qo‘llay olasiz. Masalan, siz OOPni o‘rgansangiz funksiyalarni boshqacha yozishni boshlaysiz.

UPD: Akhmad's Topic bildirgan qo‘shimcha fikrlar:

8. Doyim research va expirement qiling. Hamma joyda muammolar mavjud birortasini hal etish uchun izlaning.

9. R&D hulosalarni yozib boring, fikrlaringiz va tajibangizni boshqalarga ulashish shu doirada chuqurroq ishlashga imkoniyat yaratadi. Muammolarga hechqachon ko’z yummang.

10. Contribution qiling davomli, ishdan tashqari ham boshqa hamkasblar muammolariga hissangizni qo’shing yordam bering bu sizga sotsial muhitda formal ishlashni o’rgatadi.

08.11.2024 London
@DrAlgorithm
👍25🔥742
Donishmand Dasturchi aytadi:

- Dasturchi sifatida qanday shartnomalar tuzish mumkinligi, ularning turlari haqida maqola yozdim.

O`qib ko`ring, ko`pchiligimiz uchun foydali bo`ladi.

- Qanday turdagi shartnomalar bor?

- Qanday qilib O'zbekistondan turib turib xorijga qonuniy ishlash mumkin?

- Ishchi shartnomasi bilan Yevropada katta mol mulkni bo'lib to'lashga sotib olish mumkinmi?

- Oylik maoshni crypto'da to'laydigan kompaniyalar bormi?

- B2B shartnoma nima o'zi?


Manba 👉 https://hottg.com/donishmand_dasturchi/347

11.11.2024 London
@DrAlgorithm
👍20🔥1
Nechta davlat Unicorn chiqargan?

LinkedIn'da Stanford professori Ilya Strebulaevga tegishli maqolani ko‘rib qoldim.

AQShda 500 dan ortiq Unicornlarning asoschilarini o‘rganishgan. 1,000 dan ortiq asoschi (founder) tug‘ilgan davlatlarini o‘rganishganda, yarmidan ortig‘i AQShgda tug`ilmagani aniqlangan.

Maqolani to‘liq o‘qishni tavsiya qilaman.

Vatandoshlarimizdan 2 kishi ham unicorn asoschilari ekan. Qaysi unicorn ekan, kim biladi?

14.11.2024 London
@DrAlgorithm
👍17🔥1
✈️ Surish kerak

Husan aka Mamasaidovning #Gashtak'ga bergan suhbatlarida Ketish kerak degan edilar.

Endi esa Akmal Paiziyev ham Kaliforniaga Ko`chib ketganini aytib qoldi.

"Surish kerak", - degani, Grinkarta o`ynab, USga qochish haqida emas.

Aql bilan ketib, ilm olib, O`zbekistonga qaytish kerakligi haqida tushuntirib berishgan.
* Nima uchun aynan bunday qilish kerak?
* O`sha yerda mazza qilib yashasa yaxshi emasmi?
* O`zbekistonga qaytsa yana eski holatga tushib qolmaydimi?

Shu mavzular haqida chiroyli izohlar berishibdi.

O`qib ko`ring, balki sizning ham ilm olishga bo`lgan qiziqishingiz o`zgaradi va ketishingiz albatta O`zbekistonga foydali bo`ladi.

18.11.2024 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤‍🔥9🔥2
🟦🟦🟦 AyTi Tadbirlar oyligi

Noyabr va Dekabr oylarini yaxshi ko`raman. Juda ko`p foydali IT tadbirlarga boy bo`ladi. Mening fikrimcha aynan shu oylarda chet eldan keladigan Speakerlar ko`p bo`ladi.

- Presentation - qiziqarli mavzular
- Networking - tanish-bilish orttirish
- Opportunity - Imkoniyat, yangi ish joyi yoki loyiha bilan ishlash imkoniyati

kabi juda ko`p foydali narsalarga ega bo`lish mumkin.

Tadbirlardan ba'zilarini keltirib o`tsam.

Bu tadbirlar albatta ishtirok etilishi shart bo`lgan tadbirlardan.


🫥

😀 Mohirdevʼdan axborot siyosatini yuritish tadbiri
📅 Noyabr 23, 2024 | 📍Ground Zero Kitob Olami, Tashkent
Tadbir biznes egalari va top menejerlar uchun. Tashrif buyuruvchilar axborotni qonuniy va xavfsiz yoʻl bilan monetizatsiya qilish boʻyicha amaliy tavsiyalar olishi mumkin.
Saidolim Joʻrayev — Moneffʼda CTO;
Ibrohim Saidov — Mohirdevʼda yurist, “Biznes huquqi” maʼruzachisi.

🔗 Roʻyxatdan oʻtish

🫥

🎉 Microsoft Community Conf 2024
📅 November 30, 2024 | 📍Al-Khorazmi maktabi, Toshkent
Microsoft'ning so`nnggi texnologiyalaridan xabardor bo`ling, 15+ spiker, 10+ workshops, va 1,500 dan ortiq ishtirokchi!

🔗 Roʻyxatdan oʻtish

🫥

🎉 GDG DevFest 2024
📅 Dekabr 7, 2024 | 📍Alisher Navoiy Kino Saroyi, Toshkent
Google’s ning so`nnggi texnologiyalaridan xabardor bo`ling, 30+ spiker, 15+ workshops va 5,000 dan ortiq ishtirokchi!

🔗 Roʻyxatdan oʻtish

Tadbirlarga faol qatnashing.
Don’t miss these landmark events shaping Uzbekistan’s tech future!

#MohirDev #TechInUzbekistan #MDCConf2024 #GDGDevFest2024 #Innovation

@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥62
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturlashda 27 yillik tajribaga ega ekspert bilan jonli efir!

😀 O‘zbekistondagi ilk dasturlash mutaxassislaridan biri savollaringizga javob beradi! Ustoz Qudrat Abdurahimov GITA dasturlash akademiyasiga asos solgan.

Savol-javobda AyTiga oid muhim masalalarda maslahat oling. Jumladan:

— Hozir AyTida qanday ko‘nikmalar talab qilinadi?
— Oʻrganishni aynan qayerdan boshlash kerak?
— Qanday qilib muvaffaqiyatli karyera qurish mumkin?

🎥 Instagram Live
🗓 Juma
19:15

Savollaringizni izohlarda qoldiring!

@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥71🆒1
HTML Embed Code:
2025/07/09 20:51:06
Back to Top