Channel: Dr. Algorithm
Amon Olimov *biznesni raqamlashtirish
Tadbir online emas ekan. Qatnasha olmas ekanman.
Lekin niyat bor edi. Chunki tadbirkorlar dasturni 0 dan yozdirish uchun $15,000 sarflaganidan ko`ra, shu tayyor yechim bilan kamroq xarajat qila olishini aytishimiz kerak.
Hali ham bizda o`zimniki bo`lsin deymiz. Uy sotib olamiz, ijarada yashash qimmat deymiz.
Lekin biznesda unday emas-ku. Siz oyoqqa turib olishingiz uchun tayyor xizmatlardan foydalanib, keyin kattaroq bo`lganingizda o`zingizga mosini yasatib olishingiz foydaliroq emasmi?
Shu savol mani ko`p o`ylantiradi. Javobi topilib qolar...
25.04.2025 London
@DrAlgorithm

👍17🔥8⚡1🕊1
Oracle (va Mobliss)
Magistraturada o‘qib yurganimda Oracle fani kirishni boshlagan. Paradox, Interbase yoki boring ana MySqlni o‘rgangan odam uchun Oracle juda vahimali tuyular edi. Xuddi-ki, 1 qavatli imorat qurmagan odam katta 20 qavatli dom oldida turgandek.
Oracle’ni o‘rganishimga bu ilk turtki bo‘lgan. Oradan 1 yil o‘tib ilk FinTech loyiha boshlaganimizda Oracle men uchun to‘lqinli dengiz, men esa o‘zimni surfing sportchisi kabi his etardim.
Bir kun.
4 ta kursdosh online tolov tizimi ishlab chiqqan edik. Har birimizning vazifamiz bor edi. 2 kishi kodga javob berar edik. Tizimda 5,000dan ortiq foydalanuvchi bor. Har kuni pul o‘tkazmasi va to‘lovlar qilishadi.
Production bazada hisobot olish maqsadida ishlab o‘tiribman.
Hisobot olish ketidan xatoliklarni tuzatishni boshladim. Ba’zi hisoblar noto‘g‘ri saqlangan yoki ikki marta yozilib, hisobot xato chiqayotgan edi.
Select, Update va nihoyat Delete. Eng ko‘p ishlatiladigan buyruqlarim. Va shu payt...
Etim muzlay boshladi. Atrofdagi g‘ala-g‘ovur ovozlar eshitilmay qoldi. Bilaman, bunday vaqtda xotirjamlik kerak. Shoshib bo‘lmaydi. Xato qilib qo‘yish mumkin.
Ekranda TOAD dasturi va so‘nggi yozgan buyrug‘im: Delete.
Soniyalar ichida xayoldan o‘tayotgan o‘ylarim:
- Barcha ma’lumotlar o‘chib ketdi.
- 3 kunlik eski baza bor, uni tiklash mumkin.
- Lekin 3 kun ichida bo‘lgan xarakat 150mln ($100,000). Qayerdan bilaman kimniki qancha bo‘lganini?
- Mijozlar to‘polon boshlasa nima deyman?
- 3 kunlik ma’lumotni har bir mijoz kompyuteridan yig‘sa bo‘ladi. (U vaqt Nokia telefon va desktop kompyuterlar davri.)
- 3 kunlik ma’lumotni tiklash 2 hafta vaqt oladi.
- Shoshma biroz jim tur...
- 1 daqiqa o‘tdi.
- Mijozlar hali to‘polon boshlashmadi.
- Nima uchun tizim hali ham ishlab turibdi?
- Lokal dastur ishlagani uchunmi?
Xayollarim davom etadi:
- Taxminan 5 daqiqa o‘tdi.
- To‘polon hali ham yo‘q.
- Menga faqat Alloh yordam bera oladi.
- Nimadir yechim bo‘lishi kerak.
- Sodda yechim.
- Men uni ko‘rmayapman.
SHU PAYT!!!
Ko‘zimga yashil tugma ko‘rindi.
- Nima uchun bu kulrang emas? - degan xayol o‘tdi.
Yonida qizil tugma ham yonib turibdi.
- Axir bu ikkisi kulrang bo‘lishi...
- To‘xta!
Yuzimga qon yugurdi. Isishni boshlaganimni his etdim.
Chunki yechim ko‘z oldimda edi.
- Xudoga shukr, - dedim va qizil tugmani bosdim.
----
O‘sha kun bitta buyruq bilan ma’lumotlar bazasida asosiy jadvalni tozalab yuborgan edim.
(Delete from table -- where id=1234;).
Agar log yoki qiymati kichik ma’lumot bo‘lsa, ziyoni yo‘q edi. Man har kuni bo‘ladigan kassadagi pul o‘tkazmalari jadvalini tozalagan edim.
Meni nima qutqargan edi?
1. Shoshmaslik. Hech qachon biror muammoga duch kelganda yoki jahl chiqqanida hissiyotga berilish kerak emas.
2. Birov vaqt oling. Chunki yechimni tez izlaganingizda sodda yechimlarni ko‘rmay qolasiz. Miya biroz o‘ziga kelishi kerak. Shuning uchun vaqt oling.
3. Oracle bilan ishlaganda 2 ta buyruq bor: Commit va Rollback.
Ko‘pchilik bu tugmalarni avtomat ishlaydigan qilib qo‘ygan bo‘ladi. Biror buyruq bersangiz darhol ma’lumotlarga ta’sir qiladi.
Men esa buni doim qo‘lda bosish (manual) holatiga qo‘yib qo‘yar edim. Ortiqcha bitta tugma bosaman. Lekin shu odatim ma’lumotlarni saqlab qolgan.
Delete buyrug‘ini berganda, Where qolib ketishi - juda katta xato.
Qo‘limni keyboarddan olib, biroz o‘ylab o‘tirdim. Va Rollback qilish mumkin ekanini ko‘rganimda oxirgi qilgan barcha ishlarimni orqaga qaytardim.
26.04.2025 London

Agar hozirgi men o‘sha payt yonimda bo‘lganida, rosa kaltak yegan bo‘lar edim. Tirik ishlab turgan ma’lumot ombori bilan ishlab bo‘ladimi?
Hisobot olish ketidan xatoliklarni tuzatishni boshladim. Ba’zi hisoblar noto‘g‘ri saqlangan yoki ikki marta yozilib, hisobot xato chiqayotgan edi.
Select, Update va nihoyat Delete. Eng ko‘p ishlatiladigan buyruqlarim. Va shu payt...
Etim muzlay boshladi. Atrofdagi g‘ala-g‘ovur ovozlar eshitilmay qoldi. Bilaman, bunday vaqtda xotirjamlik kerak. Shoshib bo‘lmaydi. Xato qilib qo‘yish mumkin.
Ekranda TOAD dasturi va so‘nggi yozgan buyrug‘im: Delete.
Where qo‘yish esdan chiqqan edi.
Soniyalar ichida xayoldan o‘tayotgan o‘ylarim:
- Barcha ma’lumotlar o‘chib ketdi.
- 3 kunlik eski baza bor, uni tiklash mumkin.
- Lekin 3 kun ichida bo‘lgan xarakat 150mln ($100,000). Qayerdan bilaman kimniki qancha bo‘lganini?
- Mijozlar to‘polon boshlasa nima deyman?
- 3 kunlik ma’lumotni har bir mijoz kompyuteridan yig‘sa bo‘ladi. (U vaqt Nokia telefon va desktop kompyuterlar davri.)
- 3 kunlik ma’lumotni tiklash 2 hafta vaqt oladi.
- Shoshma biroz jim tur...
- 1 daqiqa o‘tdi.
- Mijozlar hali to‘polon boshlashmadi.
- Nima uchun tizim hali ham ishlab turibdi?
- Lokal dastur ishlagani uchunmi?
Shu payt do‘stim Zafar:
- Hmm, tinchlikmi? - dedi. Xuddi nimanidir sezgandek.
- Ha tinch. O‘ylavomman, - dedim sir boy bermay.
Kulib qo‘ydi va qulog‘iga katta quloqchinni qayta taqib oldi.
Xayollarim davom etadi:
- Taxminan 5 daqiqa o‘tdi.
- To‘polon hali ham yo‘q.
- Menga faqat Alloh yordam bera oladi.
- Nimadir yechim bo‘lishi kerak.
- Sodda yechim.
- Men uni ko‘rmayapman.
Ancha tinchlandim. Lekin hali yechim topmagan edim.
SHU PAYT!!!
Ko‘zimga yashil tugma ko‘rindi.
- Nima uchun bu kulrang emas? - degan xayol o‘tdi.
Yonida qizil tugma ham yonib turibdi.
- Axir bu ikkisi kulrang bo‘lishi...
- To‘xta!
Yuzimga qon yugurdi. Isishni boshlaganimni his etdim.
Chunki yechim ko‘z oldimda edi.
- Xudoga shukr, - dedim va qizil tugmani bosdim.
Yelkamdagi tog‘ ag‘darildi va qushday yengil bo‘ldim.
----
O‘sha kun bitta buyruq bilan ma’lumotlar bazasida asosiy jadvalni tozalab yuborgan edim.
(Delete from table -- where id=1234;).
Agar log yoki qiymati kichik ma’lumot bo‘lsa, ziyoni yo‘q edi. Man har kuni bo‘ladigan kassadagi pul o‘tkazmalari jadvalini tozalagan edim.
Meni nima qutqargan edi?
1. Shoshmaslik. Hech qachon biror muammoga duch kelganda yoki jahl chiqqanida hissiyotga berilish kerak emas.
2. Birov vaqt oling. Chunki yechimni tez izlaganingizda sodda yechimlarni ko‘rmay qolasiz. Miya biroz o‘ziga kelishi kerak. Shuning uchun vaqt oling.
3. Oracle bilan ishlaganda 2 ta buyruq bor: Commit va Rollback.
Ko‘pchilik bu tugmalarni avtomat ishlaydigan qilib qo‘ygan bo‘ladi. Biror buyruq bersangiz darhol ma’lumotlarga ta’sir qiladi.
Men esa buni doim qo‘lda bosish (manual) holatiga qo‘yib qo‘yar edim. Ortiqcha bitta tugma bosaman. Lekin shu odatim ma’lumotlarni saqlab qolgan.
Delete buyrug‘ini berganda, Where qolib ketishi - juda katta xato.
Qo‘limni keyboarddan olib, biroz o‘ylab o‘tirdim. Va Rollback qilish mumkin ekanini ko‘rganimda oxirgi qilgan barcha ishlarimni orqaga qaytardim.
Ko‘za kuniga emas, kunida sinadi.
26.04.2025 London
@DrAlgorithm
👍51🔥17🤯14⚡5👏1😢1
Forwarded from #Gashtak
YouTube
Eksklyuziv - Muzaffar Jalolov INHA’dan nimaga ketdi?
🎙️Muzaffar Jalolov bilan yangi #Gashtak!
INHA Universiteti sobiq rektori, hozirda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi Universitetida Raqamli Transformatsiya bo‘yicha prorektor Muzaffar Jalolov bilan eksklyuziv suhbat! U INHA universitetidan nimaga ketdi?…

INHA Universiteti sobiq rektori, hozirda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi Universitetida Raqamli Transformatsiya bo‘yicha prorektor Muzaffar Jalolov bilan eksklyuziv suhbat! U INHA universitetidan nimaga ketdi? Diplomatiya Universitetini qanday transformatsiya qilmoqchi? Oliy ma’lumot bugungi kunda qanchalik muhim? Sun’iy intellekt ta’lim sohasini qanday o‘zgartiryapti? Shu va ko‘plab chuqur hamda qiziqarli mavzularda #Gashtak podkastimizning yangi sonida batafsil suhbatlashdik!
Toʻliq podkast #Gashtak
Homiylar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Gashtak
Muzaffar Jalolov bilan eksklyuziv suhbat
Muzaffar aka bilan maroqli suhbat qurdik.
Suhbat davomida qobiqdan chiqish ("Out of the box", "Exit the comfort zone") ga taalluqli misollar berdilar.
- Ko`p kitob o`qishmasin, - deganlari-ku ajoyib bo`ldi.
Vaqtingiz bo`lsa, suhbatni eshiting yoki tomosha qiling.
Tavsiya qilaman.

👍16🕊4
Forwarded from Alisher Tojiyev
Dasturchilikni oʻrgatib boy qilaman deb aldab, info-loʻlilar uslubini Dasturlash sohasiga olib kirayotganlar haqida yaxshi ovozli suhbat boʻlmoqda
Telegram
Josh*Developer
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev

🔥7👍3
Josh*Developer
Dasturlashdan daromadgacha?
Bu tuzoqmi yoki haqiqat?
Bu tuzoqmi yoki haqiqat?
Ajoyib suhbat bo‘ldi.
Jamiyatimizning amallariga qoyil qolaman. Ayniqsa xato qilsang yuzingga ayta olishiga. Bu katta baxt. Chunki hamma ham sen va millating haqida o‘ylamaydi.
Hozirgi kunda bir birimizning xatolarimizni tuzatadigan, kelajak avlodimizni o‘ylaydigan insonlarimiz bor ekan, bu juda katta baxt.
Muloqot juda diplomatik tarzda o‘tdi. Aniq gaplar va takliflar bilan. Qayerda qanday xato ketgani va qanday tuzatish mumkin ekani haqida aytildi. Yana buning kasriga nimalar bo‘lib ketishi mumkin ekani ham muhokama qilindi.
27.04.2025 London

Odamlar bor, xatoingdan foydalanadi,
Odamlar bor, xatoingni tuzatadi.
Hozirgi kunda bir birimizning xatolarimizni tuzatadigan, kelajak avlodimizni o‘ylaydigan insonlarimiz bor ekan, bu juda katta baxt.
Musulmon musulmonga ko‘zgu, - degan shu bo‘lishi kerak.
Muloqot juda diplomatik tarzda o‘tdi. Aniq gaplar va takliflar bilan. Qayerda qanday xato ketgani va qanday tuzatish mumkin ekani haqida aytildi. Yana buning kasriga nimalar bo‘lib ketishi mumkin ekani ham muhokama qilindi.
Yoshlarimizdan umid katta. Suyagimiz hali butun ekan. Alhm.
27.04.2025 London
@DrAlgorithm
7👍36
Forwarded from Digital.edu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda birinchi marotaba "Ping Pong Dev" turniri oʻtkazildi
📖 Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi homiyligida Umar Sadullaev tashabbusi bilan faol IT inflyuenserlar ishtirokida "Ping Pong Dev" stol tennisi turniri boʻlib oʻtdi.
🏓 Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan ushbu turnirda 16 ta dasturchi inflyuenserlar ishtirok etdi:
🏆 Yakuniy natijalarga koʻra Javohir Berdiyev turnir gʻolibi boʻldi.
⚜️ Turnir haroratini videolavhamizda tomosha qiling!
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
1. Umar Sadullayev
2. Khondamir Abdukhoshimov
3. Zohidjon Akbarov
4. Abbos Xazratov
5. Ulugbek Samigjanov
6. Eldor Ergashov
7. Alisher Tojiev
8. Javohir Akramjonov
9. Javohir Berdiyev
10. Elbek Normurodov
11. Ikramov MuhammadMubiyn
12. Akobir Abduganiyev
13. Bobosher Musurmonov
14. Muhammadkarim Tuxtaboyev
15. Saud Abdulwahed
16. Shahzod Tursunov
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5
Ping pong
Stol tennisi va dasturlash bir-biriga yaqin tuyulmasa kerak. Lekin aslida unday emas ekanini IT Bloggerlarimiz ko‘rsatib berishibdi.
Bunday tadbir hamma uchun foydali bo‘ladi. G‘olib yoki mag‘lub degan tushuncha yoq. Inglizchaga aytgandek Win-Win (G‘olib-g‘olib) holati bo‘ladi.
Bitta qiziq ma’lumot: Bitta sohada yangilik qilish hozirgi zamonda qiyin. Sababi ko‘p savollar soha ichida hal etib bo‘lingan. Ammo sohalar kesishmasi (2 va undan ortiq sohalarni birlashtirish) natijasida qilinadigan savollar ko‘p. Aynan o‘sha yerda qiziqarli yechimlar va loyihalar bor.
Tanish-bilish (Networking) - odamlar va sohalar aro munosabatni yaqinlashtiradi. O‘ylayman-ki, bunday tadbirlar mutaxassislarimizga foydali bo‘ladi.
Izoh: Vatandan uzoqda xizmat safarida yurganlar, sizlar ham kelganingizda tadbirlarga qatnashib turing :)
28.04.2025 London

Keyingi daraja endi boshqa soha vakillari bilan stol tennisi musobaqasini o‘tkazilsa.
Bitta qiziq ma’lumot: Bitta sohada yangilik qilish hozirgi zamonda qiyin. Sababi ko‘p savollar soha ichida hal etib bo‘lingan. Ammo sohalar kesishmasi (2 va undan ortiq sohalarni birlashtirish) natijasida qilinadigan savollar ko‘p. Aynan o‘sha yerda qiziqarli yechimlar va loyihalar bor.
Tanish-bilish (Networking) - odamlar va sohalar aro munosabatni yaqinlashtiradi. O‘ylayman-ki, bunday tadbirlar mutaxassislarimizga foydali bo‘ladi.
Olg‘a do‘stlar!
Izoh: Vatandan uzoqda xizmat safarida yurganlar, sizlar ham kelganingizda tadbirlarga qatnashib turing :)
28.04.2025 London
@DrAlgorithm
Telegram
Digital.edu
Toshkentda birinchi marotaba "Ping Pong Dev" turniri oʻtkazildi
📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi homiyligida Umar Sadullaev tashabbusi bilan faol IT inflyuenserlar ishtirokida "Ping Pong Dev" stol tennisi turniri boʻlib oʻtdi.
🏓Stol tennisi boʻyicha…

🔥11👍7
Assalomu alaykum doʻstlar!
Shu Seshanba kunini tarixdagi qiziqarli voqealarga ajratsam, qandoq boʻlar ekan?
Ilmiy savollar va bosh qotirmalarni hafta oxiriga qoldirsak.
Fikringiz juda muhim. Ba'zi narsalarni rejalashtirayotgan edim, sizning ham fikringizdan foydalanmoqchi edim.
Rahmat hammaga!
29.04.2025 London

Dr. Algorithm
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.
Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot

👍10🔥8
☎️ Tekin mobil soʻzlashuv
("Ertak")
2000 yillar mobil aloqa juda qimmat boʻlgan. Ilk telefon sotib olganimda (Panasonic edi) qarindoshimizdan 1 oyga ishlatib turish uchun Coscom SIM karta olgan edim.
Bu narx mendek talaba uchun juda qimmat edi. Keyin borib oʻzimga soddarogʻini olganman.
Hozir eslasam, juda koʻp qiziq ishlar boʻlgan ekan:
- kiruvchi qoʻngʻiroq uchun pul toʻlar edik.
- hisobni online toʻldirish yoʻq edi. Faqat maxsus joy yoki karta (plastik emas) orqali.
- ilk 5 soniya tekin!!!
Mana shu 3-qism ayni muddao edi.
Deyarli barcha talaba 5 soniya ichida gaplashish tekin ekanini bilardi. Shu sabab goʻshakni koʻtarganda barmoq oʻchirish tugmasida turardi. Chunki savol va javobdan keyin shartta bosilar edi.
- Ehhh..., - derdik agar 6-soniyaga oʻtib ketgan boʻlsa.
- E-e, boʻldi gaplashvur endi, - deb daqiqa tugaguncha gaplashardik.
5 soniya ichida koʻpchilik savol berib, javob olishga ulgurardi. Uddaburon talabalar esa 2 ta savolgacha. :)
Vaqt oʻtib muloqotni qancha qimmat qilmang, foyda kam edi. Shunga shekilli 5 soniyalik tekin muloqotni olib tashlashdi. Keyinroq esa kiruvchi qoʻngʻiroq ham tekin boʻldi.
Boyvuchcha talabalar esa "VIP paket"ga ulangan boʻlardi. Guruhning "Operatori" edi, bechora.
Kim tanishi ("yaqini")ga qoʻngʻiroq qilishni xohlasa, operator boyvuchcha kursdoshiga qoʻngʻiroq qilar edi.
U esa oʻz navbatida goʻshakni qoʻyib qoʻyardi. :)
Nega?
Chunki qaytib qilardi.
Keyin unga aytgan raqamingizga qoʻngʻiroq qilib, siz bilan "Konferensiya" qilib berardi. Shu bilan soatlab gaplashilardingiz.
Aytgancha, u vaqtlar hali analog telefonlar bor. Gaplashilgan daqiqalar pulga chaqilmasdi. Soatlab gaplashish qulay vaqtlar edi. Shunga uyga kelib telefonda qolib ketish urf edi.
Buni men maktub davridan elektron davrga oʻtishga oʻxshataman. Avval odamlar uzoq masofadagi tanishiga maktub yozardi: kim armiyadan uyga, kim uzoq koʻrisha olmagan tanishiga, yana kimdir qoʻshni davlatga.
Taxminan 2005 yillargacha koʻchada telefon qutilar boʻlardi. Uyga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlsangiz tanga tashlab, gaplashar edik. Avval 2 tiyin tanga solish mumkin edi. Keyin narxi oʻzgaruvchan boʻlganidan keyin maxsus tanga ishlab chiqishgan. Tangani sotib olib, 2-3 tasini choʻntakda olib yurar edik. Zarur vaqt ishlatishga.
Xullas, agar tanga tashlamasdan uyga qoʻngʻiroq qilsangiz, uydagi odam ovozi eshitilar edi. Sizning ovozingiz esa yoʻq. Shuni bilgan talabalar uydan chiqishdan oldin kelishib olardi, masalan:
- Bitta Alo desang, demak hammasi joyida.
- 2 marta Alo desang, demak vaziyat oʻzgargan.
- keyin, falon boʻldimi deganda qoʻyib qoʻysam, demak oʻsha.
Hullas, bu aqllilar qaysi Alo soʻzidan keyin muloqot uzilganiga qarab, suhbat qilishardi.
Bugun oʻzi internetsiz internetni ishlatganimizni aytib bermoqchi edim. Kirish qismi qilib mobil aloqa haqida yozaman deb, uzun yozib yubordim. Qundoz bobo obrazi yuqib qovotti shekilli. Kelasi hafta internetni yozib beraman.
Bu postdan maqsadim nima?
degan soʻzni sizga yetkazish.
Shunday jadal rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz-ki, narsalarning qiymatini sezmay qoldik.
* Koʻpchilik hozir mobil telefoni uchun oyiga qancha toʻlashini, yoki nima uchun shuncha toʻlashini bilmaydi.
* Internet sotib olamiz. lekin bizga shu tezlik kerakmi?
* Megabaytimizni kerakli narsalarga sarfladikmi? oʻylab qaramaymiz.
Saharda turib, barcha texnikani yoqmasdan, biroz oʻylab koʻring,
❓ Qoʻlingizdagi narsalarning qadri qancha?
❓ Qiymati qanday?
❓ Unumli foydalana oldingizmi?
❓ Isrofga yoʻl qoʻymadingizmi?
....
Kuningiz hayrli oʻtsin!
29.04.2025 London
@DrAlgorithm
("Ertak")
2000 yillar mobil aloqa juda qimmat boʻlgan. Ilk telefon sotib olganimda (Panasonic edi) qarindoshimizdan 1 oyga ishlatib turish uchun Coscom SIM karta olgan edim.
Kirish $0.17
Chiqish $0.19
Bu narx mendek talaba uchun juda qimmat edi. Keyin borib oʻzimga soddarogʻini olganman.
Hozir eslasam, juda koʻp qiziq ishlar boʻlgan ekan:
- kiruvchi qoʻngʻiroq uchun pul toʻlar edik.
- hisobni online toʻldirish yoʻq edi. Faqat maxsus joy yoki karta (plastik emas) orqali.
- ilk 5 soniya tekin!!!
Mana shu 3-qism ayni muddao edi.
Talablar tekinga soʻzlashar edi.
Deyarli barcha talaba 5 soniya ichida gaplashish tekin ekanini bilardi. Shu sabab goʻshakni koʻtarganda barmoq oʻchirish tugmasida turardi. Chunki savol va javobdan keyin shartta bosilar edi.
- Ehhh..., - derdik agar 6-soniyaga oʻtib ketgan boʻlsa.
- E-e, boʻldi gaplashvur endi, - deb daqiqa tugaguncha gaplashardik.
5 soniya ichida koʻpchilik savol berib, javob olishga ulgurardi. Uddaburon talabalar esa 2 ta savolgacha. :)
- Qaysi fan...
- Mat fiz...
- Domla..
- Poʻlatov...
- Xona...
- A409!
Vaqt oʻtib muloqotni qancha qimmat qilmang, foyda kam edi. Shunga shekilli 5 soniyalik tekin muloqotni olib tashlashdi. Keyinroq esa kiruvchi qoʻngʻiroq ham tekin boʻldi.
Boyvuchcha talabalar esa "VIP paket"ga ulangan boʻlardi. Guruhning "Operatori" edi, bechora.
Kim tanishi ("yaqini")ga qoʻngʻiroq qilishni xohlasa, operator boyvuchcha kursdoshiga qoʻngʻiroq qilar edi.
U esa oʻz navbatida goʻshakni qoʻyib qoʻyardi. :)
Nega?
Chunki qaytib qilardi.
Keyin unga aytgan raqamingizga qoʻngʻiroq qilib, siz bilan "Konferensiya" qilib berardi. Shu bilan soatlab gaplashilardingiz.
Aytgancha, u vaqtlar hali analog telefonlar bor. Gaplashilgan daqiqalar pulga chaqilmasdi. Soatlab gaplashish qulay vaqtlar edi. Shunga uyga kelib telefonda qolib ketish urf edi.
Buni men maktub davridan elektron davrga oʻtishga oʻxshataman. Avval odamlar uzoq masofadagi tanishiga maktub yozardi: kim armiyadan uyga, kim uzoq koʻrisha olmagan tanishiga, yana kimdir qoʻshni davlatga.
Ha, aytgancha, 9-sinf vaqtimda AQShdagi maktab oʻquvchilari bilan xat yozishganimiz esga tushib ketdi. Ilk marotaba Baseball ⚾️ nima ekanini oʻshanda bilganman, Baseball kartalarim ham boʻlgan. Bu haqida alohida yozib beraman.
Taxminan 2005 yillargacha koʻchada telefon qutilar boʻlardi. Uyga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlsangiz tanga tashlab, gaplashar edik. Avval 2 tiyin tanga solish mumkin edi. Keyin narxi oʻzgaruvchan boʻlganidan keyin maxsus tanga ishlab chiqishgan. Tangani sotib olib, 2-3 tasini choʻntakda olib yurar edik. Zarur vaqt ishlatishga.
U yerda ham talabalar yoʻlini topgan edi.
Xullas, agar tanga tashlamasdan uyga qoʻngʻiroq qilsangiz, uydagi odam ovozi eshitilar edi. Sizning ovozingiz esa yoʻq. Shuni bilgan talabalar uydan chiqishdan oldin kelishib olardi, masalan:
- Bitta Alo desang, demak hammasi joyida.
- 2 marta Alo desang, demak vaziyat oʻzgargan.
- keyin, falon boʻldimi deganda qoʻyib qoʻysam, demak oʻsha.
Hullas, bu aqllilar qaysi Alo soʻzidan keyin muloqot uzilganiga qarab, suhbat qilishardi.
3 shaxsda gapirish maza-da.
Bugun oʻzi internetsiz internetni ishlatganimizni aytib bermoqchi edim. Kirish qismi qilib mobil aloqa haqida yozaman deb, uzun yozib yubordim. Qundoz bobo obrazi yuqib qovotti shekilli. Kelasi hafta internetni yozib beraman.
Bu postdan maqsadim nima?
‼️ Narsalarning narxini bilamiz. Ularning qiymatini bilmaymiz.
degan soʻzni sizga yetkazish.
Shunday jadal rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz-ki, narsalarning qiymatini sezmay qoldik.
* Koʻpchilik hozir mobil telefoni uchun oyiga qancha toʻlashini, yoki nima uchun shuncha toʻlashini bilmaydi.
* Internet sotib olamiz. lekin bizga shu tezlik kerakmi?
* Megabaytimizni kerakli narsalarga sarfladikmi? oʻylab qaramaymiz.
Saharda turib, barcha texnikani yoqmasdan, biroz oʻylab koʻring,
❓ Qoʻlingizdagi narsalarning qadri qancha?
❓ Qiymati qanday?
❓ Unumli foydalana oldingizmi?
❓ Isrofga yoʻl qoʻymadingizmi?
....
Kuningiz hayrli oʻtsin!
29.04.2025 London
@DrAlgorithm
21👍50🔥12👏6😁5⚡3🕊1
Olimpiada va bellashuv
Maktabda katta sinflar orasida olimpiada va bellashuvlar bo‘lar edi. Hozir turi ko‘payib ketgan.
Lekin aynan o‘sha olimpiada tufayli Charles Babbage mashinasi, Pascal hisoblash uskunasi, birinchi ayol dasturchilar bilan tanishganmiz.
~~~
Bu xabarni yozar ekanman 2 ta narsa bir vaqtda esga tushdi. Shu sababli har birini alohida xabar qilib yozaman.
~~~
Shoxmot o‘yinini bilasiz. U yerda menga eng yoqadigan shakl - ot. Chunki uning yo‘nalishini yaxshi bilsangiz kutilmagan zarbalar bera olasiz.
Shoxmot taxtasida bitta ot bor. Sizga bo‘sh kataklardan biri ko‘rsatiladi. Diqqat savol:
~~~
Bu masalani avval qo‘lda yechib ko‘ring. Keyin dasturini yozishga harakat qiling. Juda qiziq.
Ilk marta bu masalani 9 sinfda yechib ko‘rgan edim. U vaqtlar dasturlash fani 8-sinfda kirishni boshlar edi. 3 kun urinib, yechimni topganimda, nima uchun aynan shunday ekanini his qilganimda, rosa maza qilgan edim.
Eslatma:
1) Izohlarni o`qishdan avval urinib ko`ring. Izohlarda kimdur javobini qoldirgan bo`lishi mumkin.
2) Javobni izohlarga ochiq holda qo`ymang. Hammaga urinishga imkon bering.
01.05.2025 London

London Fan muzeyida Charles Babbage mashinasini ko‘rib, maza qilgan edim. Bu quvonchni pul bilan sotib olib bo‘lmaydi.
~~~
Bu xabarni yozar ekanman 2 ta narsa bir vaqtda esga tushdi. Shu sababli har birini alohida xabar qilib yozaman.
~~~
Shoxmot o‘yinini bilasiz. U yerda menga eng yoqadigan shakl - ot. Chunki uning yo‘nalishini yaxshi bilsangiz kutilmagan zarbalar bera olasiz.
Shoxmot taxtasida bitta ot bor. Sizga bo‘sh kataklardan biri ko‘rsatiladi. Diqqat savol:
- Ot ko‘rsatilgan katakka eng kam nechta qadam bilan bora oladi?
~~~
Bu masalani avval qo‘lda yechib ko‘ring. Keyin dasturini yozishga harakat qiling. Juda qiziq.
Ilk marta bu masalani 9 sinfda yechib ko‘rgan edim. U vaqtlar dasturlash fani 8-sinfda kirishni boshlar edi. 3 kun urinib, yechimni topganimda, nima uchun aynan shunday ekanini his qilganimda, rosa maza qilgan edim.
Shunday baxtni siz bilan ulashgim keldi.
Eslatma:
1) Izohlarni o`qishdan avval urinib ko`ring. Izohlarda kimdur javobini qoldirgan bo`lishi mumkin.
2) Javobni izohlarga ochiq holda qo`ymang. Hammaga urinishga imkon bering.
01.05.2025 London
@DrAlgorithm
10👍22🔥2
Telegram
Qudrat Abdurahimov
0 DAN FOUNDATION!
Dasturlashni o'rgatishni boshlaganimga 20 yil bo'libdi.
1️⃣ 2006-yil. Dasturchiga qo'llanma nomli kitob yozdim. 1.0
2️⃣ 2009-yil. Dasturlashni o'rgatuvchi dastur. 2.0
3️⃣ 2012-yil. C++ dasturlash asoslari video kursi. 3.0
4️⃣ 2020-2023.…

"Algoritmni qayerdan o‘rgansam bo‘ladi?"
Ko‘pchilik shu savol bilan murojaat qiladi. Ularga tavsiyalarim ichida Qudrat akaning kitoblari birinchi qatorda turadi. Nima uchun?
2006 yil ilk kitoblarini chiqarganlarida man hayron bo‘lgan edim.
- Qanday qilib?
- Buncha tez?
- Qanday qilib tarqatasiz? (puli chiqadimi?)
Manda ko‘proq muammolarga yechim izlash tamoyili ishlab ketgan. Ular esa, shartta o‘tirib, qunt qilib, kitob yozgan edilar.
Ustozdan o‘rganadigan narsalar ko‘p.
Dasturlashni o‘qitishda qiynalgan o‘quv markazlari Foundation kursini o‘ylab topishdi.
Qudrat aka esa kompyutersiz dasturlashni o‘rgata oladigan ustoz.
👍 Tavsiya qilaman. O‘zingiz, tanishingiz va farzandingiz uchun foydali bo‘ladi deb bilaman.
02.05.2025 London

Qudrat aka dasturlashning negizini bilishdan tashqari o‘z amallari bilan 1 qadam oldinda yuradilar.
2006 yil ilk kitoblarini chiqarganlarida man hayron bo‘lgan edim.
- Qanday qilib?
- Buncha tez?
- Qanday qilib tarqatasiz? (puli chiqadimi?)
Manda ko‘proq muammolarga yechim izlash tamoyili ishlab ketgan. Ular esa, shartta o‘tirib, qunt qilib, kitob yozgan edilar.
Kitoblari esa og‘zaki ovoza bo‘lib, tarqab ketgan edi.
Ustozdan o‘rganadigan narsalar ko‘p.
Dasturlashni o‘qitishda qiynalgan o‘quv markazlari Foundation kursini o‘ylab topishdi.
Qudrat aka esa kompyutersiz dasturlashni o‘rgata oladigan ustoz.
Ko‘p yozdim, ko‘p maqtab yubordim. Lekin bori shunday.
👍 Tavsiya qilaman. O‘zingiz, tanishingiz va farzandingiz uchun foydali bo‘ladi deb bilaman.
02.05.2025 London
@DrAlgorithm
👍24🕊1💯1
Forwarded from Otabek Bobomurodov | Blog
Oracle’dan offer oldim — va bu yo‘l qanday bosib o‘tildi?
To‘liq hikoya shu yerda:
https://medium.com/@otabekecma/oracledan-offer-oldim-d83f413baabe

Medium
‘Oracle’dan offer oldim.
2025-yil 27-fevral sanasida ‘Oracle’ kompaniyasidan ‘offer’ oldim. Ketma ket 9 ta 1 soatlik kechgan suhbat jarayoni va ungacha boshdan…
🔥9👏6👍1
Barakalla Otabek!
Kechaginda katta tizim, oʻrganish qiyin deb Oracle haqida aytgan edim. Endi qaranggi bu ukamiz nafaqat Oracleni oʻrgandi, balki uni yasash bilan shugʻullanar ekan.
Muborak boʻlsin Otabek!
Yoshlarimiz kuchli salolihiyatga ega. Bilim olishda ancha oldinda. Davomli boʻlsin. Otabeklar koʻpaysin!
03.05.2025 London

👍53🔥17🆒2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O`zimizning mavzu...
https://hottg.com/DrAlgorithm/839
Ora-chora hazil qilib turila. Jaa jiddiyni yoqib olmasdan.
03.05.2025 London
@DrAlgorithm
https://hottg.com/DrAlgorithm/839
03.05.2025 London
@DrAlgorithm
😁17👍9🤣5😱1
Dr. Algorithm
Olimpiada va bellashuv Maktabda katta sinflar orasida olimpiada va bellashuvlar bo‘lar edi. Hozir turi ko‘payib ketgan. Lekin aynan o‘sha olimpiada tufayli Charles Babbage mashinasi, Pascal hisoblash uskunasi, birinchi ayol dasturchilar bilan tanishganmiz.…
Izohda qoldirsangiz. Keyin javoblarni solishtiramiz.
👉 https://hottg.com/DrAlgorithm/850
Ertaga javobini tashlayman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔4
Linkedin
Ustoz-Shogird telegram kanali | Oybek Muhiddin 🇵🇸
Ustoz-Shogird telegram kanali
Shu kanalni ko’pchilik bilsa kerak, shundan ish topganlar ham talaygina bo’lsa kerak. Shaxsan o’zim 3-4 ishimni shu yerdan topganman. Oldinlari to’g’risi e’tibor bermas ekanman audiotoriyani “keng” fikrlariga.
Kimdir ish kerak…

Oybek yaxshi bir post qoldirgan ekanlar.
📱 https://www.linkedin.com/posts/oybek-mukhiddinov_ustoz-shogird-telegram-kanali-shu-kanalni-activity-7324155849382211585-4izX
Boringizga shukr.
Izohlarda berilgan fikrlar ham manfaatli bo`ldi. Hammaga rahmat!
04.05.2025 London
@DrAlgorithm
Boringizga shukr.
Izohlarda berilgan fikrlar ham manfaatli bo`ldi. Hammaga rahmat!
04.05.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Skype - 05.05.2025
Bugun yana bir muloqot dasturi (messanger) bilan xayrlashdik.
Skype chiqqan vaqtda xalqaro qo`ng`iroqlar qimmat edi. Endi tasavvur qiling, oddiy narxda chet davlatiga telefon qilishni... - ana shunaqa maxluq edi bu.
Havola: [ICQ] [Mail agent]
05.05.2025 London
@DrAlgorithm
Bugun yana bir muloqot dasturi (messanger) bilan xayrlashdik.
Bu faqat xabar emas, ovozli qo`ng`iroq va internet telefon (VoIP) texnologiyalarida katta burilish yasagan tizim edi.
Skype chiqqan vaqtda xalqaro qo`ng`iroqlar qimmat edi. Endi tasavvur qiling, oddiy narxda chet davlatiga telefon qilishni... - ana shunaqa maxluq edi bu.
Xullas, yana o`sha gap:
- Messangerlar hayoti qisqa, email dan foydalanish kerak.
Havola: [ICQ] [Mail agent]
05.05.2025 London
@DrAlgorithm
👍36🔥6⚡4😢1🕊1
HTML Embed Code: