TG Telegram Group Link
Channel: 💊"DORIXONA"💊
Back to Bottom
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
💊BIFOLAK-NEO haqida nimalarni bilasiz?

U qachon qo‘llaniladi?

Bolalarda ichak disbakteriozida ichak mikroflorasini tiklash, ich ketganda va qabziyatda ich kelishini normallashtirish uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli qanaqa?

Chaqaloqlarga ovqatlanish vaqtida ona sutiga yoki sun’iy aralashmalarga qo‘shib beriladi. 2 yoshdan katta bolalarga qaynatib sovutilgan(40 °C dan yuqori bo‘lmagan) 40-50 ml suvga 1 paketcha eritib beriladi.

Qo‘llash dozalari qanaqa?

6 oygacha bo‘lgan bolalarga 1pak.dan 1 mahal
6 oydan 3 yoshgacha 1pak.dan 2 mahal
3 yoshdan 7 yoshgacha 1 pak.dan 3 mahal

Qabul qilish muddati 1-3 hafta.

❗️Preparatni Pediatr tavsiyasiga ko‘ra qo‘llang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!

Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
"Zvyozdochka" haqida nimalarni bilasiz?

❗️"Zvyozdochka" balzami taxminan 50 yil oldin paydo bo‘lgan. Ajablanarli tomoni shundaki, undan yaxshi va yuqori sifatli mahsulotlar paydo bo‘lishiga qaramay, o‘z o‘rnini yo‘qotgani yo‘q.

☑️ Chunki u turli maqsadlarda ishlatilishi mumkin:
📌 Balzam infeksiya tarqalishining oldini oladi.
📌 Boshning peshona va chakka qismlariga surtilsa, bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi.
📌 Tovonga surtilsa, uning yumshoq va mayin bo‘lishiga yordam beradi.
📌 Yozda chivin va pashshalardan himoya qiladi.
📌Hasharotlar chaqishi natijasidagi qichishni yo‘qotadi.
📌Og‘riqli joylarga surtilganda, mushaklarning spazmlarini yengillashtiradi.

Kanalga ulanish 👉 Dorixona kanali
Siz vrach, hamshira, farmasevt yoki tibbiyot oliygohi talabasimisiz?

O‘zingizga ma’qul ish qidiryapsizmi?


Sizlarga butun respublika bo‘ylab, tibbiyot yo‘nalishidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi kanalni tavsiya qilamiz.

MED VAKANSIYA kanali sizga o‘zingiz xohlagan ishni topishda ko‘makdosh bo‘ladi.

Kanalimiz manzili quyida👇👇👇
https://hottg.com/+4Wn0usZYro85YTBi
Bolalarda qorin dam bo‘lishini kamaytiruvchi Simetikon(Bobotik,Espumizan, Kolikvel) tarkibli tomchilar qanday dozalarda beriladi?

Bola hayotining 28 kunidan 2 yoshgacha kuniga 8 tomchidan(20 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 14 tomchidan (35 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

6 yoshdan katta bolalarga va kattalarga 16 tomchidan (40 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

👨‍⚕ Doctor Muxtorov tavsiyasi

1⃣Ukrop suvini berish
2⃣Emizikli onaning parhez qilishi
3⃣Bola qornini soat strelkasi bo‘ylab massaj qilish.

Yuqoridagi preparatlarni faqat vrach Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llang!

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabletkalar bizning oshqozonimizda qanday parchalanadi?

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
Ferment preparatlari

Ferment preparatlarining 4 avlodi bor.

📌1-2 avlod tabletka shaklida chiqadi.
📌3-avlod mikrosfera shaklida chiqadi.
📌4-avlod minimikrosfera(kreon) shaklida chiqadi.

Hozirgi kunda dorixonalarda sotilayotgan hazm preparatlari:
💊Pankreatin
💊Festal
💊Kreon
💊Mezim Forte
💊Panzinorm
💊Trizim
💊Mikrazim
💊Zim

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
💊Seftriaksonning qimmat va arzon, lekin ta’siri deyarli bir xil bo‘lgan analoglari

📌Qimmat analoglari

💊Sertosef
💊Rapisef
💊Peo
💊Odisef
💊Rosekson
💊Rotasef
💊Belasef

📌Arzonlari analoglari

💊Seftriakson BXFZ
💊Seftriakson KMP
💊Seftriakson Bioximik
💊Seftriakson Akos

👨‍⚕Doctor Muxtorov tavsiyasi.

Dorini qimmatiga uchmang. Yuqoridagi preparatlarni ta’siri deyarli bir xil. Shunday ekan qimmat dorini sotib olishni nima keragi bor? Arzon degani bu sifatsiz degani emas. Arzon analog sotib oling va anchagina pulingizni tejab qoling!

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
Qimmat dorilarning arzon analoglari(1-qism)

💊Kreon - Pankreatin

💊Rotasef - Seftriakson

💊Imodium - Loperamid

💊Zoviraks - Atsiklovir

💊Omez - Omeprazol

💊Dyuspatalin - Mebeverin

💊Futsis - Flukanazol

💊Azimak - Azitromitsin

💊Dikloberl - Diklofenak

💊No-shpa - Drotaverin

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
Dorini donalab sotib olish mumkinmi?

💊 Dorixonalarda dorini donalab sotishga ruxsat etiladi. Bu qonunchilikda belgilangan.

Bunda joylash-o‘rash materialida dori vositasining:

nomi,
seriyasi,
yaroqlilik muddati
va ishlab chiqaruvchisi ko‘rsatilishi kerak.

Dori vositasini birlamchi o‘rami buzilgan holda berish taqiqlanadi. Birlamchi o‘ram — dori vositasi bilan bevosita aloqada bo‘lgan konteyner yoki o‘ram hisoblanadi.

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
💊Filtrum qanday dozalarda qabul qilinadi?

Ovqatlanishdan va boshqa dori preparatlari qabul qilishdan bir soat oldin kuniga 3-4 marta ichiladi. Preparat dozasi yoshga, tana vazniga qarab belgilanadi.

BOLALARGA
▪️1 yoshgacha - ½ tabletka
▪️1-3 - ½ - tabletka
▪️4-7 - 1 tabletka
▪️7-12 - 1-2 tabletkadan

KATTALARGA
▪️2-3 tabletkadan

Davolash muddati o‘tkir infeksiya va zaharlanishda 3-5, allergiya va surunkali intoksikatsiyada – 14-21 kunni tashkil qiladi.

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
Dori tabletkalari ustidagi chiziq nimani anglatadi?

💊 Ayrim dori tabletkalarining o‘rtasida chiziq tushirilgan bo‘ladi. Bu mazkur dorini ikkiga ajratish mumkin deganidir.

❗️Agar bunday belgi bo‘lmasa, tabletkani bo‘lib, ichmang.

🚫Maxsus qoplam bilan o‘ralgan tabletkalarni maydalab yoki suvda eritib ichish mumkin emas! Tarkibidagi kuchli ta’sir etuvchi moddalari oshqozonda og‘riq qo‘zg‘atishi, og‘iz-tomoq organlarini shikastlantirishi mumkin.

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
🥗 VITAMINLAR

Vitamin A - retinol

Vitamin D - erkokalsiferol

Vitamin E - tokoferol

Vitamin K - naftoxinon

Vitamin B1  ‐ tiamin

Vitamin B2riboflavin

Vitamin B5 - pantoten kislotasi

Vitamin B6 - piridoksin

Vitamin B9 - folat kislota

Vitamin B12 - sianokobolamin

Vitamin B15 - pangamat kislota

Vitamin N - lipoat kislota

Vitamin U - metilmetionin sulfoniy xlorid

Vitamin C - askorbinat kislota

Vitamin H - biotin

Vitamin PP - nikotin kislotasi

Vitamin P - rutin

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
Hozirda noyob doriga aylanib qolgan 💊Kurantil(Dipiridamol) haqida

Tarkibi: Dipiridamol 25 mg

Ta’sirlari

📌Vazodilatatsiya
📌Antiagregant
📌Angioprotektor
📌Mikrosirkulyatsiya korrektori

Virus oilalari

🌀Picornaviridae
🌀Togaviridae
🌀Orthomyxoviridae
🌀Paramyxoviridae
🌀Herpetoviridae
🌀Poxviridae
kabi virus oilasiga mansub viruslarni RNK sintezini ingirbirlaydi. Ya’ni ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.

Analoglari

💊Dipiridamol
💊Kurantin
💊Persantin
💊Sanomil

💊Kurantil nima sababdan Covid-19 ni davolashda qo‘llanilyapti?

1⃣Covid-19 ning asosiy proteaza fermentini ingibirlaydi. O‘sishiga to‘sqinlik qiladi.
2⃣Virusli pnevmoniyada yuza keladigan giperkoagulyatsiya darajasini pasaytiradi.
3⃣Organizmni virusga qarshi javobini interferon orqali stimullaydi.
4⃣Antiagregant sifatida qo‘llaniladi, qon harakatini yaxshilaydi va mikrotromblar hosil bo‘lishini oldini oladi.
5⃣Yallig‘lanish qarshi ishlab chiqariladigan sitokinlar(interleykin-6) darajasini pasaytiradi va yallig‘lanish kamayadi.

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
Jenerik nima?

Jenerik (inglizcha generic, qayta ishlab chiqarilgan dori) — faol moddaning miqdori va organizmga taʼsiri boʻyicha original preparatga mos keladigan dori nusxasi.

Yangi dori ixtiro qilinsa, u uzoq vaqt davomida tadqiq qilinadi va sinovdan o'tkaziladi, keyin patent beriladi. Patent muddati tugagach, boshqa kompaniyalar ham shunga o'xshash jenerik dorilarni ishlab chiqarishi mumkin.

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling!
"Zvyozdochka" haqida nimalarni bilasiz?

❗️"Zvyozdochka" balzami taxminan 50 yil oldin paydo bo‘lgan. Ajablanarli tomoni shundaki, undan yaxshi va yuqori sifatli mahsulotlar paydo bo‘lishiga qaramay, o‘z o‘rnini yo‘qotgani yo‘q.

☑️ Chunki u turli maqsadlarda ishlatilishi mumkin:
📌 Balzam infeksiya tarqalishining oldini oladi.
📌 Boshning peshona va chakka qismlariga surtilsa, bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi.
📌 Tovonga surtilsa, uning yumshoq va mayin bo‘lishiga yordam beradi.
📌 Yozda chivin va pashshalardan himoya qiladi.
📌Hasharotlar chaqishi natijasidagi qichishni yo‘qotadi.
📌Og‘riqli joylarga surtilganda, mushaklarning spazmlarini yengillashtiradi.

Kanalga ulanish 👉 Dorixona kanali
Forwarded from Doctor Muxtorov
Xurshid Abdurashidning dardi sari, Musofir Jin bilan yo'l oldim!

Xurshid Abdurashid qalamiga mansub "Dardisar" romani fantasmagoriya, satira, yumor, romantika, shafqatsiz realizm elementlari qorishib ketgan, ushbu asarda xolis bir kuzatuvchi bizga chetdan nazar tashlaydi, o‘zimiz sezmay qo‘ygan, odat tusiga kirgan illatlarga oyna tutadi.

Ajabtovur qahramonlar va qora yumor yordamida jamiyatdagi muammolar mohirlik bilan yoritilgan. Asarda inson o'zini yoki jamiyatdagi kimnidir ko'rishi ehtimoldan holi emas.

Kitob haqidagi adabiyotshunos fikrlarini bu yerda o'qishingiz mumkin. Kitobni eng arzon narxda bu yerdan topishingiz mumkin.

Kitobni o'qib maza qilyapman. Sizlarga ham tavsiya qilaman!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
💊💊Qaysi dorilar 1-marta qabul qilingandan so'ng, qaysilari esa ma'lum muddatda kurs davomida qabul qilganda bemorga "yordam bera oladi"?🧐🧐

1-martalik qabuldan so'ng ta'sir ko'rsata oluvchi dorilar:

Paratsetamol - isitmani tushirishda almashtirib bo'lmas "jangchingiz" hisoblanadi;

Sitramon - bosh og'rig'ida qabul qilasiz;

Rengalin - 1-tabletkadayoq yo'tal ajralishini yengillaydi;

Enterosgel - zaharlanish vaqtida eng yaxshi do'stingiz. Faol ko'mir ham bu borada yordam beradi.

1-martalik qabulda sizga foyda bermaydigan dorilar:

♻️Antibiotiklar - DOIMO antibiotik kursni to'liq oling*.

♻️Gipertoniyada qo'llaniladigan dorilar - butun kursni qabul qilganda effekti bor.

♻️Temir saqlovchi preparatlar - anemiyani bir kunda davolab bo'lmaydi!

♻️Antidepressantlar - birinchi effekt qabuldan bir haftadan so'ng seziladi.

Kanalga ulanish 👉 Dorixona kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Томи кетканга дори борми?

💊 DORIXONA - kanaliga obuna bo'ling
Siz vrach, hamshira, farmasevt yoki tibbiyot oliygohi talabasimisiz?

O‘zingizga ma’qul ish qidiryapsizmi?


Sizlarga butun respublika bo‘ylab, tibbiyot yo‘nalishidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi kanalni tavsiya qilamiz.

MED VAKANSIYA kanali sizga o‘zingiz xohlagan ishni topishda ko‘makdosh bo‘ladi.

Kanalimiz manzili quyida👇👇👇
https://hottg.com/+4Wn0usZYro85YTBi
HTML Embed Code:
2024/05/19 20:55:04
Back to Top