TG Telegram Group Link
Channel: BMBA Qashqadaryo viloyat bo'limi
Back to Bottom
Test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi

📆 2024-yil 6-14-mart kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan 15 ta umumta’lim fani bo‘yicha test topshiriqlari aprobatsiyasi o‘tkazildi.

Test topshiriqlari aprobatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📚 Unda 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.

📝 Aprobatsiyada o‘quv markazlari o‘quvchilari hamda akademik litsey, ixtisoslashtirilgan maktablar va umumta’lim maktablarining 8 ming nafardan ziyod bitiruvchisi ishtirok etdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyati boʻlimi tomonidan Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha Qarshi shahrida joylashgan "RAR Med school" o'quv markazida Kimyo va Biologiya fanlaridan diagnostik test sinovlari oʻtkazildi.

https://hottg.com/DTM_Qashqadaryo_viloyati
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2024-yil 17-mart kuni barcha hududlarda o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 17 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 14 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)

2024-yil 3-aprel kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va to'lov qilishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 27-mart kuniga qadar amalga oshiriladi.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

📣 Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

📱 Unga ko‘ra 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

📋 Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumot joylashtirildi.

📆 Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun 25-mart kunidan barcha hududlarda oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.

Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

📝 Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

▶️ Seminarlarda ishtirok etgan nomzodlar yakuniy nazorat sinovidan o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishganlar keyingi bosqich (suhbat)ga tavsiya etiladi.

Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nostrifikatsiya BBA
Nostrifikatsiya - 28-mart 2024-yil - talabgorlar.pdf
349.7 KB
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 28-mart kuni o‘tkaziladi

📆 2024-yil 28-mart kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-03-26

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
Ingliz tili bilim darajangizni @mock_milliy_test_bot yordamida aniqlang.
🤖 Bot yangiliklari 🚀
- 🎯 Natijalarni aniqroq oling
- 👩‍🏫 O'qituvchilar uchun talabalarining natijalarini telefon raqami bo'yicha qidirish
- 📝 Mavzuga oidligi tekshiruvi
- 📚 Testlar sonining ko’pligi
- 💳 Kartadan to'lov
- 🗣️ Nutqni tekshirishdagi aniqlik

💰 Pullik versiya xususiyatlari 💼

- 📊 Umumiy to’liq baho olish
- 📜 CEFR darajasini bilish
- 🎓 IELTS darajasini aniqlash
- 💬 Fikrlar va taqrizlar olish
- 🧠 Maslahat olish
- 📝 Yozma ish qismida internetdan plagiatni tekshirish
🔗 Foydali havolalar
- Qo'llab-quvvatlash xizmati quyidagi havola orqali: @mock_test_support
⚠️ Diqqat! Hurmatli talabgorlar

📌 3-aprel kuni bo'lib o'tadigan mock test sinovi sanasi 17- aprelga ko'chirilganini ma'lum qilamiz.

🔰 Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. Test materiallarni chop etishda va viloyatlarga yetkazib berishda muammolar yuzaga kelganligi sabab mock test sinovi vaqtini o'zgartirdik.

Ro'yxatdan o'tish va to'lovni amalga oshirishni oxirgi muddati 9-aprel soat 10:00 ga qadar davom etadi.
👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda

🗓 Navbatdagi “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” (🎧 listening , 📕reading ) bo‘yicha 48 soatlik malaka oshirish kursining onlayn (📹 Zoom va Canvas platformasi orqali) mashg’ulotlari 22-aprel kuni boshlanadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan 🎧 tinglab tushunish, 📕 o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun test topshiriqlarni tuzushning nazariy va amaliy mashg‘ulotlari (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

👩‍❤‍👨 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 20-aprel kuniga qadar

👉 https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service

ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👩‍❤‍👨 Mashg‘ulotlar 22-apreldan 13-maygacha davom etadi

⚡️ Tinglovchilar 1 050 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin ( 20-aprel kuniga qadar to'lovni amalga oshirish muddati belgilangan).

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 507-70-72

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

🇬🇧 iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/04/23 05:41:57
Back to Top