TG Telegram Group Link
Channel: BMBA Qashqadaryo viloyat bo'limi
Back to Bottom
Abituriyentlar uchun foydali

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining 2020/2021 o'quv yili uchun kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha davlat buyurtmasi

https://hottg.com/DTM_Qashqadaryo_viloyati
🇺🇿 2-iyul - mustaqil O‘zbekiston tarixi sahifalaridagi yana bir muhim sana, u bizga suveren taraqqiyotning ahamiyatini eslatib turadi.

1992-yil aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.

Suverenitetimiz timsollaridan biri milliy merosimizning eng yaxshi jihatlarini o‘zida mujassam etgan, uning tasvirlari esa xalqimiz uchun katta ahamiyatga ega.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​Davlat test markazi rahbariyatida o‘zgarish

Bugun Davlat test markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Vazirlar Mahkamasining mas’ul vakillari va DTM rahbariyati, xodimlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyuldagi 416-son qaroriga muvofiq, Davlat test markazi rahbariyati tarkibida o‘zgarish bo‘lganligi qayd etildi va ushbu qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan Sardor Baxtiyorovich Radjabov ishtirokchilarga tanishtirildi.

Sardor Baxtiyorovich Radjabov Toshkentdagi xalqaro vestminster universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olgan bo‘lib, 2015-yildan buyon Davlat test markazida faoliyat yuritib kelmoqda. Bungacha u “Uzdunrobita”, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Yig‘ilishda S.B.Rajabovning ishga yangicha munosabati, kreativ yondashuvi, xalqaro hakorlik yo‘lidagi unumli faoliyati, Davlat test markazi tomonidan kelajakda xalqimiz uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga doir yengilliklar yaratish borasidagi zamonaviy, dolzarb va juda muhim takliflari hamda shu yo‘nalishda ish olib borayotganligi aytildi.

Vazirlar Mahkamasining mas’ul vakillari va Davlat test markazi rahbariyati S.B.Rajabovga yangi, lekin o‘ta mas’uliyatli ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlari yaqinlashgan sayin asosi noma’lum telegram kanallarining e’tibori yurtimizda qiyin kechayotgan pandemiya sharoitidan Davlat test markaziga ko‘chmoqda.

Buni noto‘g‘ri tushunish kerak emas. Aslida qaynoq mavzular hammaning diqqat-e’tiborida bo‘ladi. Biroq bunday diqqatni salbiy ohangda “yo‘rg‘alatish”, qalamga olgan holat aslida yuz bermagan bo‘lsa-da, go‘yo hayotning muhim mavzusi kabi bezab-bejab chiqish va jamoatchilik e’tiborini yolg‘ondan iborat “rost”ga qaratish faqat nomini, o‘zini va boshqa ma’lumotlarini sir tutuvchi soxta, noxolis telegram kanallariga xos bo‘lib boryapti.

Batafsil: 👉 https://dtm.uz/post/view/tentakminds-onasining-o-g-li

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Times.uz
💰Жаҳон банки Ўзбекистонга COVID-19’га қарши курашиш учун 95 млн доллар ажратади

❗️Маблағ тиббиёт муассасаларининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, кам таъминланган оилалар ва ишсизларга вақтинчалик нафақалар бериш тизимини кенгайтиришга йўналтирилади.

🔘 Кредит "Ўзбекистонда коронавирус инфекциясига қарши шошилинч чоралар кўриш" лойиҳасини амалга ошириш учун 30 йил муддатга, 5 йиллик имтиёзли давр билан ажратилади.

@koronavirusinfouz
#ниқобтақинг
#масофасақланг
#milliysertifikat
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarida qatnashish maqsadida mart va aprel oylari uchun ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar uchun test sinovlari 2020-yil 7-8-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Test joyi, kuni va vaqtini “Shaxsiy kabinet”ingiz orqali bilib olishingiz mumkin.

🔖 Test sinovi topshiriladigan bino hududiga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma) bilan kelishingiz so’raladi.

Eslatma: Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo’shimcha test sinovi o’tkazilmaydi.

Barchangizga omad tilaymiz!!!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Times.uz
🌎 МДҲ давлатлари орасида коронавирус билан боғлиқ вазият

⚡️Умумий зарарланганлар сони 921 371 (+13 296)
⚡️Соғайганлар 597 351 (+12 747)
⚡️Вафот этганлар 13 329 (+225)

❗️ Мамлакатлар бўйича беморлар сони:

1. 🇷🇺 Россия 674 515 (+6 632)
2. 🇧🇾 Беларусь 63 270 (+273)
3. 🇺🇦 Украина 47 677 (+914)
4. 🇰🇿 Қозоғистон 47 171 (+3 096)
5. 🇦🇲 Арманистон 27 900 (+580)
6. 🇦🇿 Озарбайжон 19 801 (+534)
7. 🇲🇩 Молдова 17 672 (+227)
8. 🇺🇿 Ўзбекистон 9 829 (+329)
9. 🇰🇬 Қирғизистон 7 377 (+610)
10. 🇹🇯 Тожикистон 6 159 (+101)

📎 Манба: Worldometers

〰️〰️〰️〰️〰️

🌎 Ситуация с коронавирусом в странах СНГ

⚡️Общее количество зараженных
921 371 (+13 296)
⚡️Выздоровевших 597 351 (+12 747)
⚡️Погибших 13 329 (+225)

❗️Число заболевших по странам:

1. 🇷🇺 Россия 674 515 (+6 632)
2. 🇧🇾 Беларусь 63 270 (+273)
3. 🇺🇦 Украина 47 677 (+914)
4. 🇰🇿 Казахстан 47 171 (+3 096)
5. 🇦🇲 Армения 27 900 (+580)
6. 🇦🇿 Азербайджан 19 801 (+534)
7. 🇲🇩 Молдова 17 672 (+227)
8. 🇺🇿 Узбекистан 9 829 (+329)
9. 🇰🇬 Кыргызстан 7 377 (+610)
10. 🇹🇯 Таджикистан 6 159 (+101)

📎 Источник: Worldometers

@koronavirusinfouz
#ниқобтақинг
#масофасақланг
#SavollargaJavoblar
Savol: Davlat test markazining sayti orqali ro‘yxatdan o‘tdim. Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani qayerdan olsam bo‘ladi?

Javob: Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, abitur.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yig‘im undirilmaydigan (to‘lovni amalga oshirmaydigan) abituriyentlar

Mazkur toifadagi abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#milliysertifikat
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari boshlandi

📝 2020-yil 7-iyul kuni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma qismi boshlandi.

📌 Bunda test sinovlari to‘liq sanitariya-gigiyena talablariga rioya etgan holda o‘tkazilmoqda. Jumladan:

test sinovi o‘tkaziladigan binolar dezinfeksiya qilindi;

nomzodlar dezinfeksiyalash yo‘lakchasi orqali kiritildi;

ularning tana harorati 2 marotaba o‘lchandi;

antiseptik vositalar bilan qo‘llar dezinfeksiya qilindi;

har bir nomzodga yangi niqob va qo‘lqop berildi;

nomzodlar orasida yetarli masofa saqlangan holda, har bir nomzodga 3 metr kvadratdan kam bo‘lmagan joy ajratildi.

📍 Test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#milliysertifikat
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2020-yil 7-8-iyul kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, xitoy, yapon, koreys, turk, arab va fors tillaridan A2, B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

🙍‍♂️ Unda jami 608 nafar talabgordan 510 nafari ishtirok etdi, 98 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

📍 Test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazildi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 9-10-11-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan (https://dtm.uz/page/cefr) shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

Barchangizga omad tilaymiz!!!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Times.uz
⚡️⚡️РЕСПУБЛИКА МАХСУС КОМИССИЯСИ АХБОРОТИ

❗️2020 йил 10 июлдан 2020 йил 1 августга қадар республика миқёсида:

а) қуйидаги карантин чекловлари жорий этилди:

🚗 автотранспорт воситаларининг ҳаракати чекланди;

💼 давлат органлари ва ташкилотларининг асосий иш фаолиятига таъсир этмаган ҳолда қонунчиликда белгиланган тартибда меҳнат таътилига чиқарилиши, қолган қисмининг меҳнат фаолиятини максимал даражада масофадан туриб (онлайн ёки дистанцион тарзда) ташкил этилиши белгиланди;

🗣 давлат органлари, ташкилотлар ва корхоналарда йиғилишлар ўтказиш тақиқланди, зарур ҳолларда йиғилишларни видеоконференцалоқа режимида ўтказиш белгиланди;

🚫 ҳудудлар ўртасида автотранспорт воситалари қатнови тақиқланди (қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштирувчи ташкилотларга тегишли хизмат ва шахсий автотранспорт воситаларининг ҳаракати бундан мустасно);

🎼 томоша, маданий-кўнгилочар ва бошқа оммавий тадбирларни ўтказиш тақиқланди;

💃🏻 тўй ҳамда бошқа оилавий маросимларни ўтказиш тақиқланди;

65 ёшдан ошган шахсларнинг жамоат жойларида, шунингдек, аҳолининг кўчаларда ва майдонларда уч кишидан ортиқ бўлиб ҳаракатланиши чекланди.

〰️〰️〰️〰️

б) қуйидаги объектлар фаолияти тўхтатилди:

🎢 парклар ва истироҳат боғларидаги аттракционлар;

🛍 буюм бозорлари ва буюмлар савдоси билан шуғулланувчи йирик дўконлар;

⚽️ спорт заллари, фитнес клуб, тренажер ва бассейнлар;

🎓 ташкилий-ҳуқуқий ва мулкчилик шаклидан қатъи назар мактабгача таълим ташкилотлари, ўқув курслари ва ҳар қандай тўгараклар;

🍽 умумий овқатланиш объектлари (ресторан, кафе, ошхона, чойхона) (етказиб бериш (кейтеринг) хизмати бундан мустасно);

🛏 санаторийлар, пансионатлар, болалар оромгоҳлари, меҳмон уйлари, пляжлар ва бошқа дам олиш масканлари;

〰️〰️〰️〰️

в) халқаро авиақатновлар ва юк ташувлар билан боғлиқ қуйидаги янги тартиблар белгиланди:

✈️ халқаро авиақатновлар хорижий давлатлардаги эпидемиологик вазиятни таҳлил қилган ҳолда икки бараварга қисқартирилади;

🚛 халқаро юк ташувларни амалга оширадиган автотранспорт воситалари хайдовчилари мажбурий тартибда коронавирус инфекциясини аниқлаш бўйича тест топширади.

@koronavirusinfouz
#ниқобтақинг
#масофасақланг
Forwarded from Times.uz
⚡️⚡️Республика махсус комиссияси ахбороти

Шу билан биргаликда саноат ва йирик қурилиш объектлари фаолиятини давом эттиришига қуйидаги шартлар асосида рухсат берилмоқда:

🔹тегишли объектлар ҳудуди тўлиқ карантинга олинади;

🔹объектлар ҳудудида санитария ва гигиена қоидаларига тўлиқ риоя этилиши таъминланади;

🔹санитария-эпидемиологик осойишталик марказлари билан биргаликда тегишли объектларда санитария-гигиена тадбирлари амалга ошириб борилади;

🔹объектларга кириш-чиқиш жойларини пирометрлар ва антисептик воситалар, дезинфекцион “тўшак”лар билан жиҳозлаш;

🔹ходимлар томонидан ижтимоий масофа (2 метр)ни сақлаган ҳолда фаолият юритилишини таъминлаш.

❗️Маълумки, Республика махсус комиссиясининг жорий йил 30 июндаги қарори билан шифохоналарда ва уй шароитида даволанаётган касаллик аломатларсиз енгил шаклда кечаётган беморларни 10 кун муддатда клиник белгилари кузатилмаган тақдирда назоратдан чиқариш амалиёти жорий этилган эди.

❗️Коронавирус инфекциясини юқтириб олган беморлар билан алоқада бўлган шахсларни карантинда сақлашнинг қуйидагиларни назарда тутувчи тартиби жорий этилди:

✔️коронавирус инфекциясини юқтириб олган беморлар билан алоқада бўлган шахслар уй шароитида карантинда сақланади;

✔️карантинда сақлаш муддати 14 кундан 10 кунга қисқартирилади ҳамда 10 кун муддатда коронавирус инфекциясини аниқлаш бўйича тест натижалари манфий бўлган тақдирда карантиндан чиқарилади;

✔️тест натижалари мусбат бўлган тақдирда, беморда коронавирус инфекциясининг клиник белгилари кузатилса, шифохонага жойлаштирилади, касаллик аломатларсиз ўтаётган бўлса, уй шароитида даволанишга ўтказилади (уй шароитида даволашнинг имкони бўлмаса, белгиланган тартибда тиббиёт муассасасида даволашга ўтказилади).

❗️Касаллик аломатларсиз енгил шаклда кечаётган беморларни уй шароитида даволаш, шунингдек, беморлар билан алоқада бўлганларни уй шароитида карантинга олиш тартиби жорий этилиши муносабати билан Республика махсус комиссиясининг қарорида қуйидагилар белгиланди:

🔹уй шароитида даволанаётган беморлар ҳамда беморлар билан алоқада бўлиб, уй шароитида карантинга олинган шахсларнинг доимий тиббий назоратда бўлиши белгиланди;

🔹аҳолига, шу жумладан, уй шароитида даволанаётган беморлар ҳамда карантинга олинган шахсларга тиббий маслаҳат ҳамда ахборот беришга қаратилган туну-кун узлуксиз фаолият кўрсатувчи Call-center фаолияти йўлга қўйилади;

🔹уй шароитида даволанаётган беморлар ҳамда карантинга олинган шахсларга жойига чиққан ҳолда тиббий ёрдам кўрсатишга ихтисослашган мобиль гуруҳлар ташкил этилади.

❗️Коронавирус пандемияси даврида Ўзбекистон Республикасига(дан) йўловчи ташиш бўйича халқаро авиаташувларни ташкил этиш тўғрисидаги Вақтинчалик тартиб тасдиқланди.

‼️Чекловларга сўзсиз риоя этилиши устидан қатъий назорат ўрнатилади ҳамда мазкур талабларни бузган шахсларга нисбатан белгиланган тартибда жавобгарлик чоралари қўлланади.

@koronavirusinfouz
#ниқобтақинг
#масофасақланг
Davlat test markazining rasmiy bayonoti

2020
-yil 8-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur matbuot anjumanidan so‘ng turli manbalarda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Shuni eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini har yilgi shaklda, katta sig‘imli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmagan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
HTML Embed Code:
2024/03/29 09:32:37
Back to Top