Channel: ODDIY YO'LOVCHI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manchester City klubi murabbiysi Pep Gvardiola kuni kecha professorlik unvonini olish marosimida G’azodagi genotsid haqida otashin nutq so’zlab “U yerda insonlar va bolalar o’lmoqda. Bu bolalar siz-u bizning ham bolamiz bo’lishi mumkin edi”, - dedi. Pep Gvardiola chin inson. Mana bu videoda ham isroillik rasmiy bilan ko’rishmadi va shogirdlarini ham ko’rishishiga yo’l qo’ymadi.
Urush noming o’chsin jahonda!
P.S Ha aytgancha, Pep Gvardiola klublar o’rtasidagi Jahon chempionatiga city tarkibini tasdiqlabdi. Husanov “oq bo’rilar”dan bir yil oldinroq jahon chempionatini “razvedka” qilib keladigan bo’ldi.

Maktabda yodlagan edim. Hozir yodimga tushib ketdi. Lekin muallifini eslay olmadim. Hali ham shu she'r yodimdan ko'tarilmagan ekan, qoyil. Yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqshdir.
Bahrayn suvlariga chaydim yuzimni,
Nasimlar esdilar iliq arabiy.
Bir osmon to‘ldirib keldi ko‘ksimni,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Ne zotlar o‘tdilar vatandin ayro,
Sevinchi savdo-yu sog‘inchi sahro.
Ko‘ksimni to‘ldirib keldi bir daryo,
Vatan qolar ekan Vatan abadiy.
Boboqirlardagi bir xas yo tikan,
Shu ham kimlargadir zo‘r armon ekan.
Ko‘p ekan zar topib zor bo‘lib yurgan,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Kim axir bu dahri dundan o‘tmagay,
Kim axir bir kuni aso tutmagay,
Tandan jon ketar lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Har tepa har do‘nglik turbat emasdir,
Har qanday ayriliq g‘urbat emasdir,
Yurtdan ketgan har zot Furqat emasdir,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Olmon tuprog‘ida bir g‘arib ayol,
Ko‘zda yosh, o‘zbekcha ayladi savol,
Yurtim non-u tuzing hamisha halol,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy!
Har keksa har yoshning zahmatlarida,
Azim chinorlarning hikmatlarida,
Hazrat Yassaviyning hikmatlarida,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Asta barg to‘kmoqda zarhal og‘ochlar,
Umr to‘lar ekan boj-u xirojlar,
O‘tib ketar ekan qancha sirojlar,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Bahrayn suvlariga chaydim yuzimni,
Nasimlar esdilar iliq arabiy.
Bir osmon to‘ldirib keldi ko‘ksimni,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Ne zotlar o‘tdilar vatandin ayro,
Sevinchi savdo-yu sog‘inchi sahro.
Ko‘ksimni to‘ldirib keldi bir daryo,
Vatan qolar ekan Vatan abadiy.
Boboqirlardagi bir xas yo tikan,
Shu ham kimlargadir zo‘r armon ekan.
Ko‘p ekan zar topib zor bo‘lib yurgan,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Kim axir bu dahri dundan o‘tmagay,
Kim axir bir kuni aso tutmagay,
Tandan jon ketar lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Har tepa har do‘nglik turbat emasdir,
Har qanday ayriliq g‘urbat emasdir,
Yurtdan ketgan har zot Furqat emasdir,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Olmon tuprog‘ida bir g‘arib ayol,
Ko‘zda yosh, o‘zbekcha ayladi savol,
Yurtim non-u tuzing hamisha halol,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy!
Har keksa har yoshning zahmatlarida,
Azim chinorlarning hikmatlarida,
Hazrat Yassaviyning hikmatlarida,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Asta barg to‘kmoqda zarhal og‘ochlar,
Umr to‘lar ekan boj-u xirojlar,
O‘tib ketar ekan qancha sirojlar,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Bugun Rossiya Federatsiyasining mustaqillik kuni. Kimdan mustaqil bo’lgan bilmadim. Tarixiy fakt shuki, biz Markaziy Osiyo SSSRni kechroq tugatdik. Demak, Rossiya Markaziy Osiyodan mustaqil bo’lgan. Bizdan ajralib, mustaqillikka erishganinglar uchun tabriklaymiz. 😂😂😂
Mening Anqarada opam bor )
Zamira opa haqida Oyina.uz nashri juda ajoyib material tayyorlabdi o’qib chiqishni tavsiya qilaman:
Havola:
https://oyina.uz/uz/article/3865
Zamira opa haqida Oyina.uz nashri juda ajoyib material tayyorlabdi o’qib chiqishni tavsiya qilaman:
Havola:
https://oyina.uz/uz/article/3865
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nechanchidir millioninchi marta Eronda qizil “qasos” bayrog’i ko’tarildi.
Eronning taktik xatosi: Isroil Falastinga hujum qilganida, Isroilni harbiy jihatdan kuchsizlantirib tashlashi kerak edi. Hech bo’lmasa Qosim Sulaymoniyni o’ldirishganda haqiqatdan ham qasos olishi kerak edi. Ammo Isroilni kuchayishini kutdi. Eronga juda qiyin bo’ladi.

Isroil Mudofaa vaziri Bloomberg nashrida “Eron fuqarolik inshoatlariga zarba berdi. Tinch aholi o’lyapti. Bunga dunyo hamjamiyati jim qarab turmaslik kerak” debdi.
Masxarabozlarni ko’rib oling. Minglab falastinlik bolalarni o’ldirgan jinoyatchi-terroristlarning ikkiyuzlamachiligiga qarang. Kecha tongdagi aviazarbalarda Eronda yuzlab tinch aholini o’ldirishdi, endi chiqib olib “bizga hujum qilyapti” deyishyapti. Bu ikkiyuzlamachilik va ahmoqlik. Mintaqadagi yagona terrorchi va jinoyatchilar xuntasi bu - sionistlar.

Nasiya savdo bilan bank kreditining farqlari ekan. O’tgan safar shu narsani tushuntirganimda, ishonishmagan edi. Mana Markaziy bank hammasini solishtirib chiqibdi. Kreditning asosiy qarzini oldinroq uzib yuborsangiz, hech qanday foiz to’lamaysiz, qo’shimchasiga. Bo’lib to’lash esa odamni xonavayron qilib yuboradi.
Eron va Isroil urushidagi eng so’ngi voqealarni mana bu kanalda berib boryapman. Ishonchli va tekshirilgan xabarlar, turli manbalar orqali tekshirib, tahlil qilib keyin joylashtirilmoqda. Mening xabarlarim amerikalik yahudiy jurnalist Mario Nawfaldan ham oldinroq chiqyapti.
A’zo bo’ling va do’stlaringizni ham taklif qiling: https://hottg.com/ochiqsiyosat
A’zo bo’ling va do’stlaringizni ham taklif qiling: https://hottg.com/ochiqsiyosat
ODDIY YO'LOVCHI
Eron va Isroil urushidagi eng so’ngi voqealarni mana bu kanalda berib boryapman. Ishonchli va tekshirilgan xabarlar, turli manbalar orqali tekshirib, tahlil qilib keyin joylashtirilmoqda. Mening xabarlarim amerikalik yahudiy jurnalist Mario Nawfaldan ham oldinroq…
“Graf Monte Kristo” asarini o’ynavoramizmi tanlov qilib. “Ochiq siyosat” kanaliga eng ko’p obunachi yig’gan ishtirokchiga kitob yetkaziladi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lganlar izohlarda ismi yoki niki keltirib “link” deb yozib qoldirsin. Maxsus havola orqali obunachi to’playsiz. Kelasi hafta yakshanba kuni g’olibni aniqlaymiz.
Avaz Oxun aytganidek, endi to’yga borsam to’yonaga kaptar olib boraman. Zora shu kaptar qaytib kelsa 😂
Dollar. O’zbekiston. Oltin.
O’zbekistonning oltin eksport qilish hajmi 2020-yildan to 2025-yilning birinchi yarim yilligigacha bo’lgan davrda quyidagicha bo’lgan:
- 2020-yilda pandemiya sharoitida bozor kon’yunkturasi va valyuta tushumini ta’minlash maqsadida 5,8 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=10 450 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)
- 2021–yilda 4,10 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=10 837 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)
- 2022-yilda Markaziy bankning zaxiralarni jamg‘arish siyosati bois 4,11 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=11 225 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)
- 2023-yilda oltin narxi rekord darajada ko’tarilgani va aktiv sotuv tufayli 8,15 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=12 352 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)
- 2024-yilning 11 oyi davomida 6,62 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=12 920 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)
- 2025-yilda bozorda oltin narxi ko’tarildi. Shu sababli joriy yilning birinchi yarim yilligining o’zida 7 mlrd dollar atrofida oltin sotilganligi tahmin qilinmoqda. (1$=12 496 so’m Markaziy bank - iyun oyi holatiga)
Agar oltin sotish tendensiyasi shu ko’rsatgichda davom etsa, O’zbekistonda 1 AQSH dollari 2023-yil dekabr holatiga (1$= 12 352 so’m) qaytishi mumkin. Dollar kursining tushib ketishiga jahon bozoridagi inqirozli holatlar, ayniqsa Hormuz bo’g’ozi va Suvaysh kanali orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiq ishlarining sustlashgani ham ta’sir qilmoqda.

Tarixga nazar
Kecha mustaqilik deklaratsiyasi imzolangan kun edi. 1990-yil 20-iyun kuni rasman O’zbekiston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilgan. Yani shu kundan e’tiboran biz SSSR tarkibidan chiqqanmiz.
Hujjatning to’liq matni bilan lex.uz saytining mana bu sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.
Kecha mustaqilik deklaratsiyasi imzolangan kun edi. 1990-yil 20-iyun kuni rasman O’zbekiston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilgan. Yani shu kundan e’tiboran biz SSSR tarkibidan chiqqanmiz.
Hujjatning to’liq matni bilan lex.uz saytining mana bu sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meni doim hayratlantiradigan narsa shu: “Nega hindlar yahudiylarga bunchalik darajada yaqin bo’lishni istaydi?”
Agar biror kun katta muvaffaqiyatga erishib ketsam, litseyda yotoqxonada birga turgan xonadoshlarimning men haqimda yozadigan xotiralari haqida o’qish qiziq bo’lsa kerak. Ayniqsa, universitetdagi kursdoshlarimning xotiralari qiziqroq bo’lsa kerak. Sinfdoshlarda-ku, har bir qilmishimizning videolari ham bor.
Kursdoshlardan iltimos qilardimki, har oy oxirida “Poytaxt” restoranida ko’rsatgan tomoshalarimizni eslashmasa 🤣🤣🤣
Kursdoshlardan iltimos qilardimki, har oy oxirida “Poytaxt” restoranida ko’rsatgan tomoshalarimizni eslashmasa 🤣🤣🤣
Dunyodagi eng qiyin ishlardan biri rahbarlik. Bir loyihamizni davlat ro’yxatidan o’tkazib 3 oydan beri soliqlar to’lab kelyapmiz. Start olib ish boshlab ketishi uchun hali ozroq vaqt kerak. AQSHlik hamkorlarimiz, loyihamizning birinchi etapida O’zbekistonga kelib, ishlarimizga ozroq yordam berib ketishadi. Shu 3 oylik vaqt ichida juda ko’p stress orttirdim. Chunki butun kelajagimni shu ishga bog’lab qo’ygandim. Davlat ishida ishlash orqali ancha-muncha stress orttirdim, kelajagimni siyosiy masalalarda ko’rmaganim sababli sekin-asta bu sohadan chiqib ketmoqchi edim. Ammo, ishlarimni iziga tushirib yurgizib yuborish uchun juda ko’p mehnat qilishim kerak ekan.
Loyihamizning asosiy qismlaridan birini yaqin insonlarimdan biriga topshirdim. Muhlat 30-may edi. Kechikdi. Keyin muhlatni 10-iyunga ko’chirdik. Noma’lum sabablarga ko’ra 20-iyunda ham bitmadi. Men hamma hamkorlarimga, sheriklarimga ish tugallangani haqida xabar berib qo’ygandim. Sharmanda bo’ldim. Ish tamomlanmadi. Qattiq stress esa hali ham meni tashlab ketmadi. Ertalabdan kechagacha shu ish bilan mashg’ulman, ammo belgilangan muddatlardan kech qolyapman. Aslida 2024-yil yanvaridan buyon loyihani ishga tushirish haqida gapirib kelaman. Birinchi marta imkon bo’lganda mana shunday holatga tushishim, kelajak haqidagi o’ylarimni jiddiy savol ostiga olib qo’ydi. “Men haqiqatdan ham rahbar sifatida ishlay olamanmi o’zi?”, - degan fikr o’ylantirib qo’ydi.
Bitta xodim bajaradigan ishni 2 ta xodim yollab bajarishga to’g’ri kelyapti. Ammo yaqin do’stimning “vadalari”ga ishonib vaqtdan yutqazganim va bu vaqtdan yutqazish ortiqcha 30-40 mln so’mlik zarar keltirgani, oylikdan oylikka yashayotgan men uchun og’ir bo’ldi. Mehmonxona va aviabiletlar, shartnoma muddatlarining kechikkani uchun to’langan tovon pullarini hisoblamaganda, zararga kirgan 30-40 mln so’m pul hali start olmagan loyiha uchun juda qimmatlik qiladi.
Endi hech qachon yaqinlarim bilan ishlamayman. Yo ish yoki munosabatlarni tanlash kerak bo’lgan vaziyatga tushmayman. Sizlardan ham bajara olmaydigan ishlaringiz uchun vada bermasliklaringizni iltimos qilib so’rab qolar edim.

Oxirgi 3 yilda odamlarning ko’z yoshi-yu, yolg’onlariga ishonishim menga 30 ming dollar zarar keltirdi. Pul mayli, uning ortidan keladigan stressning chegarasi yo’q. Vaqti soati bilan hammasini qaytaraman )
Nega 21 asrda yashasak ham 20 asr singari ish kunlari yoki ish soatini qisqartirish bo’yicha biror tayinli ish qilmayapmiz deb o’ylab o’tirgandim. Polshada ish kunlarini haftasiga 4 kun qilib qisqartirishibdi.
HTML Embed Code: