TG Telegram Group Link
Channel: AlQuranuz-Shayx Alijon qori
Back to Bottom
“QUR’ONI KARIM SHAFOATI” KITOBI BO’YICHA DARS TASHKIL QILINDI

O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbusi bilan Respublikamizdagi “Qur’oni karim va tajvid” o’quv kurslari faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, bugun 25.06.2025 sanada “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limida “Qur’oni karim va tajvid” o’quv kurslari o’qituvchilari va mas’ul xodimlari uchun silsilaviy darslar boshlandi.

Darsda bo’lim mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum “Qur’oni karim shafoati” kitobi asosida ma’ruza qildi.

Kelgusida darslarda faol qatnashgan tinglovchilarga mazkur kitob bo’yicha ijoza berish rejalashtirilgan.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#KUN_OYATI

U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. (Fotir, 1)

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
ALQURAN.UZ” FAOLIYATI MUNOSIB E’TIROF ETILDI

Bugun O’zbekiston musulmonlari idorasida 27- iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan diniy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayorgan bir qator ommaviy axborot vositalari xodimlari taqdirlandilar.

Shu jumladan, Ustozimiz Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum rahbarligidagi “AlQuran.uz” saytining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi Davlatimiz va muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tarafidan ham munosib taqdirlanib, kamina xodimingizga yuksak e’tibor va ishonch bildirildi.

AlQuran.uz” faoliyati “Xalqimiz manfaati, din g’ami va Vatan taqdirini his qilib, olib borilayotgan ijod, da’vatkor so’z va ibratli faoliyat” sifatida e’tirof etilib, ijodiy ishlarimiz uchun duoi xayrlar qilindi.

Quvonarlisi shundaki, “AlQuran.uz”ning YouTube tarmog’idagi obunachilar soni 1 000 000 (bir million)dan oshgan bir pallada ijodimizning bu darajada e’tirof etilishi Alloh taoloning lutfi, fazli va karami o’laroq, bizni g’oyatda xuesand qildi. Darhaqiqat, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni biz uchun esda qolarli voqea bo’ldi.

Din ishlari bo’yicha qo’mita va O’zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Shubhasiz, bu e’tirof ijodimizga katta mas’uliyat yuklaydi. Kelgusidagi ijodimizda diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishda, xususan, Qur’on ta’limi sohasidagi ijodimizda yanada mas’uliyat bilan yondashishga harakat qilamiz.

Hurmat bilan,

Kozimjon Niyozov

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Muslim.uz
#JUMA_MUBORAK

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
HTML Embed Code:
2025/06/26 22:53:47
Back to Top