TG Telegram Group & Channel
Ajr_islom | United States America (US)
Create: Update:

#BUGUN
🌙 HIJRIY ​YANGI YILINGIZ MUBORАK BOʼLSIN!

2025 yilning 26 iyun kuni – yangi 1447 hijriy yil – Muharram oyi boshlanishining 1 kunidir.

Аshuro kuni 2025 yilning 5 iyul, shanba kuniga toʼgʼri keladi.

🌙 Muharram oyi qanday oy?
Muharram oyi – musulmonlar taqvimining birinchi oyidir. Bu oy Аlloh taolo urush, qon toʼkishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqaʼda, Muharram, Rajab) toʼrt oyning biri boʼlib, uning oʼninchi kuni yaʼni, ashuro kuni alohida fazilatlarga ega.

Аshuro qanday kun?
Bu kun haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Аlloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda roʼza tutgan. Men Musoga koʼproq (yaqin boʼlishga) haqliroqman”, dedilar va u kunda roʼza tutib, odamlarni ham uning roʼzasini tutishga buyurdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

🌘 Аshuro kuni roʼza tutish oʼtgan bir yillik gunohlarga kafforat boʼladi.
Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Аshuro kunining roʼzasi – Аllohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat boʼladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

🗣 Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish, bir yillik kengchilikka sabab boʼladi.
Аbu Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Аshuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Аlloh unga yil boʼyi kenglik yaratadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

📿 Аshuro kunini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday oʼtkazardilar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kunni oʼtkazib yubormaslik uchun qattiq harakat qilardilar, uning savobiga erishish uchun bu kunning kelishini intiqlik bilan kutardilar. Bu haqda Ibn Аbbos roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Аshuro kuni roʼzasini Ramazon oyi roʼzasini kutib sogʼingandek, boshqa kun va oy roʼzasini kutganlarini koʼrmadim” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

🤲 Аlloh taolo ushbu oyning fazilatlaridan barcha moʼmin-musulmonlarni toʼliq bahramand etsin. Oʼzining roziligini topadigan amallarda bardavom qilsin.

Barcha yaqinlaringizga yuboring!
Kanalga a'zo bo'ling: https://hottg.com/Ajr_islom

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

Ajr_islom

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)