Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda: sport mashg‘ulotlari davom etmoqda
Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish maqsadida turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur tashabbus doirasida tashkil etilgan boks, yengil atletika, futbol kabi sport to‘garaklari nafaqat universitet talabalari, balki uyushmagan yoshlar uchun ham ochiq bo‘lib, bu yo‘nalishlar bo‘yicha tajribali murabbiylar ishtirokida muntazam mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Bugun, 30-iyun kuni tashkil etilgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida 50 nafarga yaqin yoshlar faol ishtirok etdi. Ular orasida universitet talabalari bilan bir qatorda uyushmagan yoshlar ham bor bo‘lib, boks, futbol va yengil atletika yo‘nalishlarida jismoniy tayyorgarliklarini oshirishdi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIMO-2025 xalqaro olimpiadasida Andijon davlat universiteti talabalari yuqori natijalarga erishdi
Poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti hamda TIFT universiteti hamkorligida o‘tkazilgan SIMO-2025 (Sadullayev International Mathematics Olympiad) xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ushbu nufuzli ilmiy bellashuvda iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Quvonarlisi, mazkur xalqaro miqyosdagi olimpiadada Andijon davlat universiteti Matematika va mexanika fakulteti o‘qituvchisi Xolmurodjon Qo‘shaqov rahbarligidagi 6 nafar talabamiz munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi. Jumladan, jamoamiz a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan taqdirlandi.
#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat universitetida kasbiy-ijodiy imtihonlarga puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Ayni paytda Andijon davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy-ijodiy (ijodiy va sport) imtihonlarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish maqsadida kompleks tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, kasbiy-ijodiy (sport yo‘nalishidagi) imtihonlar o‘tkaziladigan asosiy sport maydonlari va zallar zamonaviy pedagogik-me’yoriy va texnik talablar asosida kapital ta’mirdan chiqarilib, ularning moddiy-texnik bazasi to‘liq yangilanmoqda. Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida sport inshootlariga zamonaviy videokuzatuv tizimlari bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari doirasida universitet hududida ekologik tozalikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mavjud daraxtlar oqlanib, buta va manzarali o‘simliklarga shakl berilmoqda. Yashil maydonlar muntazam ravishda sug‘orilib, universitet atrofi va ichki hududi maishiy chiqindilardan tozalanmoqda va tartibga keltirilmoqda.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Baxtiyorjon Akbaraliyev | ADU rektori
Assalomu alaykum, qadrli talabalar hamda aziz yoshlar!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Ushbu bayramni sizlar bilan birgalikda katta shodu- hurramlik bilan o‘tkazayotgan ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizni samimiy qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Biz ta'lim dargohimizda qanday yutuqlarga erishmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingizga suyanamiz. Barchangizga ma’lumki, ta'lim muassasamiz oldiga ulkan marralar qo‘yilgan. Bularning barchasiga siz kabi yoshlarning shijoati bilan erishamiz.
Barchangizni yana bir bor chin yurakdan tabriklab, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-totuvlik, baxtli kelajak, o‘qish va ishlaringizda omad va zafarlar tilayman!
Baxtiyorjon Bakirovich Akbaraliyev Andijon davlat universiteti rektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code: